Showing Archived Posts

O’zbek tilida grantlar sayti

Posted February 7th, 2015 at 2:04 pm (UTC-5)
2 comments

Xorijda tahsil olishni istovchi o’zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o’zbek tilida Grantlar.uz nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo’ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi. Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o’rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o’qish topish, hujjatlarni […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.