Jurnalistlar uchun Daniel Pearl Stipendiya dasturi

Posted June 11th, 2015 at 1:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

Jurnalistlar uchun Daniel Pearl Stipendiya dasturi

Daniel Pearl Stipendiya dasturi Daniel Pearl Jamg’armasi va Press Partners tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo’lib,  musulmonlar ko’pchilik bo’lgan davlatlardan bo’lgan professional jurnalistlar uchun kasbiy malaka oshirish amaliyotini taklif qiladi.

Dastur mart oyida boshlanib, ikki hafta AQSh poytaxti Vashington shahrida professional va shaxsiy malakani oshirishga bag’ishlangan treninglar tashkil etiladi. Dastur o’rtalarida esa jurnalistlar  yozish, tahrir qilish, multimediya reportajlarini tayyorlash va jurnalistik tekshiruv o’tkazish sir-asrorlarini o’rganadi. Dastur davomida ishtirokchilar bir hafta Los-Anjelesdagi tahririyatlarda hamkasblarining ishlari bilan tanishadi.

Dasturning maqsadlari:

  • Jurnalistlarning kasbiy va shaxsiy malakasini oshirish;
  • Jurnalistlarga sohadagi texnologiyaning yangi imkoniyatlarini tanishtirish;
  • Amerika jamiyati va matbuoti hamda ularning ishlash tartibini tanishtirish;
  • Dasturda egallangan bilimni boshqa jurnalistlarga ham yetqazish;
  • Va boshqalar.

Kim uchun:

  • Musulmonlar ko’pchilik bo’lgan davlatlardan bo’lgan jurnalistlar (Grantlar.uz dasturga bog’lanib, dastur o’zbekistonlik jurnalistlar uchun ham ochiq ekanligini aniqladi);
  • To’liq stajda jurnalist bo’lib ishlayotganlar;
  • Kamida 3 yil jurnalistik tajribaga ega;
  • 25 dan 35 yosh oralig’ida bo’lganlar;
  • O’zini kasbiy faoliyatga bag’ishlaganlar;
  • O’z ish joyidan dasturda qatnashish uchun tavsiya qilinganlar;
  • Ingliz tilini puxta egallaganlar.

Dastur xalqaro va ichki safar xarajatlarini qoplaydi, tibbiy sug’urta va oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza topshirishning so’nggi muhatli 2015-yil 1-avgust. Ariza shaklini SHU YERDA to’ldirib, info@presspertners.org manziliga Daniel Pearl Fellowship Applicationsarlavhasi bilan yuborish so’raladi.

To’liq ma’lumot uchun manba:  SHU YERDA

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.