Postdoktor darajasi uchun Fulbrayt stipendiya dasturiga qabul boshlandi

Posted August 12th, 2015 at 3:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

 

fulbright-scholar-program

Fulbrayt tadqiqotchilar uchun bir yillik akademik almashinuv dasturi doirasida AQSh universitetlaridan birida postdoktorlik ilmiy tadqiqotini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturda quyidagilar qatnashishi mumkin:

  • O’zbekiston fuqarolari. Nomzod ariza topshirish davomida O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bo’lishi lozim;
  • Doktorantura va unga teng darajaga ega yoki ariza topshirish vaqtida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega;
  • Ingliz tilini ilmiy tadqiqot olib bora oladigan darajada biladigan shaxslar. Agar arizachi tanlab olinsa, nomzodning ingliz tilini bilish darajasi AQSh elchixonasida yakkama-yakka suhbat davomida tekshiriladi.

G’olib chiqqanlar quyidagilar bilan ta’minlanadi:

  • AQShga borish-kelish safar xarajatlari;
  • AQShda ilmiy tadqiqot olib borish bilan bog’liq xarajatlar;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Professional va madaniy rivojlanish resurslariga ega bo’lish uchun moliyaviy yordam dastur tomonidan qoplanadi.

Ariza 2015-yil 15-oktabrgacha onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun saytda ro’yxatdan o’tish lozim.

To’liq ma’lumot uchun Toshkentdagi AQSh elchixonasi saytiga murojaat qiling: http://uzbekistan.usembassy.gov/fulbright.html

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.