Demokratiya uchun jahon yoshlar ijtimoiy harakati va  Demokratik tadqiqotlar uchun xalqaro forum (DMJ) hamkorlikda yoshlar uchun yetakchilik va tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish dasturini e’lon qiladi. Dasturda ishtirokchilar demokratiya borasida jahon amaliyotini o’rganish, boshqa davlatlar vakillari bilan fikr almashish bilan birgalikda, oylik o’tkaziladigan onlayn forum-bahslarda ishtirok etadi. Shunindek, qatnashchilar dastur vebsaytiga blogpostlar yozish va dastur rivojiga boshqa ko’rinishlarda hissa qo’shishlari nazarda tutilgan. Dastur AQSh poytaxti Vashington shahrida to’rt oy davom etadi. Ishtirokchilar turli tadbirlar va forumlarda ishtirok etishi, o’z ishlarini taqdim qilishi kutiladi.

Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Arizachilar 30 yoshdan oshmagan bo’lishi va ingliz tilini mukammal darajada bilishi lozim. Shuningdek, demokratiya sohasiga qiziqishi, bilimga ega bo’lishi va yetakchilik malakasi va mahoratiga egaligini ko’rsatib bera olishi lozim.

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi. Jumladan, ishtirokchilar uchun oylik stipendiya va safar xarajatlari to’lanadi.

Dasturda qatnashish uchun quyidagilar talab qilinadi

Onlayn ariza 2016-yil 18-maygacha SHU YERDA to’ldirilishi shart. Qabul qilingan nomzodlarga may oyi oxirigacha xabar beriladi.