Fulbrayt ta’lim almashinuv dasturlari doirasiga kiruvchi Hyubert Hamfri (Hubert Humphrey) dasturi o‘zbekistonlik mutaxassislarga AQShda o‘n oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish imkonini beradi.
Qatnashchilar Amerika universitetida bir yil davomida o‘zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura kursida tahsil oladi, lekin magistrlik unvoni berilmaydi.
Kim uchun?
Dastur davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlaydigan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
Grant miqdori
O’qish, yashash va safar xarajatlari to’liq qoplanadi. Oylik stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.
Talablar
- O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident bo‘lish hamda ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilish;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- O’qishni bitirgandan keyin kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega bo‘lish.
- Ingliz tilini bilish (TOEFL yoki IELTS shart emas)
- AQShda oxirgi yetti yil ichida magistratura o’qigan yoki oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat istiqomat qilgan shaxslar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.
Hujjat topshirish mumkin bo’lgan yo’nalishlar (ingliz tilida)
- Agricultural and Rural Development
- Economic Development/Banking and Finance
- Natural Resources, Environmental and Climate Change
- Urban and Regional Planning
- Communications/Journalism
- Law and Human Rights
- International Religions Freedom
- Public Policy Analysis and Public Administration
- Trafficking in Persons Policy and Prevention
- Technology Policy and Management
- Human Resource Management
- Education Administration, Planning, and Policy
- Higher Education Administration
- Teaching of English as a Foreign Language
- Public Health Policy and Management
- HIV/AIDS Policy and Prevention
- Substance Abuse Education, Prevention, and Treatment
- Contagious and Infectious Diseases
Hujjat topshirish tartibi
Onlayn anketa SHU YERDAN topshirilishi kerak. Arizaga ikkita tavsiyanoma va ingliz tilini qanchalik bilishingiz haqidagi formani ilova qilishingiz kerak. Tavsiyanomalarni onlayn anketa orqali kiritish mumkin. Agar buning iloji bo’lmasa, tavsiyanoma formasini SHU YERDAN yuklab olib, tavsiyanoma yozib beruvchiga jo’nating. Tavsiyanomani to’ldirgan odam uni TashkentFulbright@state.gov manziliga jo’natishi kerak.
Saralash jarayoni
Hujjatlari ma’qul topilgan nomzodlar AQSh elchixonasida bo‘lib o‘tadigan suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan so‘ng eng yaxshi nomzodlardan TOEFL testi olinadi. Test xarajatlari elchixona tomonidan qoplanadi. Tanlovning so’nggi natijalari keyingi yil boshlarida e’lon qilinadi. Qabul qilinganlar 2021-yilning kuz oylarida AQShga jo‘nab ketadi.
Oliy o‘quv yurtini yaqinda bitirgan nomzodlar topshirgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi (kamida besh yillik ish staji kerak).
Hujjat topshirish muhlati: 2020-yil, 5-iyul
To’liq ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing. Dastur bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni TashkentFulbright@state.gov elektron pochta manziliga yuboring. Sarlavhaga “Humphrey Fellowship Program” deb yozishni unutmang. (+99871) 140-2434 va (+99871) 120-5450 raqamlariga ham qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.