AQSh rasmiylari Xitoy bilan mavjud ziddiyatlar doirasida endi ta’lim sohasida ham xitoyliklarning Amerikadagi faoliyatini cheklash niyatida. O’tgan hafta Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan, Amerika universitetlarida filiallari bo’lgan Konfutsiy institutlarining barchasi yil oxiriga qadar yopilishini ma’lum qildi. Davlat kotibi Xitoy hukumati tomonidan moliyalanadigan institutlarni AQSh kollejlarida “josuslar va hamkorlar”ni yollash uchun ishlayotganlikda aybladi. […]