Amerikada talabalar uchun hukumat tomonidan beriladigan bir qator grant va kredit dasturlari mavjud. Ular, odatda, faqat AQSh fuqarolari yoki rezidentlariga beriladi. Xalqaro talabalar esa o’qish uchun o’z hisobidan to’lashi yoki qimmat narxlarda qarz olishi kerak bo’ladi. O’qish narxining mahalliy talabalarga qaraganda xorijliklar uchun ancha yuqori ekani yana bir qo’shimcha muammo. Ammo istisno holatlar ham bor. […]
Xorijliklar AQSh hukumatidan grant yoki imtiyozli kredit olishi mumkinmi?
Bakalavr talabalari uchun “UGRAD” dasturiga qabul boshlandi
AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Talabalar almashish bo‘yicha global dasturiga (Global UGRAD) qabul davom etmoqda. Unda 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan o’zbekistonlik talabalar qatnashishi mumkin. Dasturga qabul qilinganlar Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan kursda o‘qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Barch ta’lim yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirish mumkin. Qatnashish shartlari […]