Showing Archived Posts

AQSh hukumati jamoat kollejlariga yordam bermoqchi

Posted May 24th, 2021 at 5:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Prezidenti Jo Bayden taklif qilayotgan ikki trillion dollarlik infratuzilma loyihasi doirasida jamoat kollejlari uchun ham 12 milliard dollarlik yordam ajratish ko’zda tutilmoqda. Bu yordam asosida jamoat kollejlaridagi ikki yillik o’qishni bepul qilish maqsad qilingan. Kongressdagi respublikachilar taklifni haddan ziyod serxarajat ish va davlatning jamiyatdagi ishtirokini yanada kengaytirish sifatida baholamoqda. Jamoat kollejlarida o’qish ikki yil […]

2021-yil xorijlik talabalar AQShda qanday o’qiydi?

Posted January 16th, 2021 at 10:51 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh oliy o’quv yurtlarida tahsil oluvchi xalqaro talabalar 2021-yil bahorgi semestrni ham onlayn davom ettiradigan bo’lyapti. Demak, koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yil mart oyida qabul qilingan qoida bu yil ham amal qiladi. Bu haqda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati agentligi so’zlovchisi ma’lum qildi. Pandemiyadan oldin AQSh o’quv yurtlarida ro’yxatdan o’tgan xorijliklar talabalik vizasi maqomini saqlab qolish […]

Koronavirus va sport: universitetlar millionlab dollar yo’qotmoqda

Posted August 5th, 2020 at 2:43 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShdagi ko’plab kollej va universitetlar koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan sport tadbirlaridan millionlab dollar daromad yo’qotmoqda. Milliy kollejlar sport assotsiatsiyasi (NCAA) ma’lumotiga ko’ra, har yili universitetlar sport o’yinlariga chiptalar sotish va aksiyalar o’tkazishdan bir milliard dollarga yaqin daromad qiladi. Basketbol, ​​futbol va beysboldan tushadigan pul o’quv yurtlari amaliy byudjetining yarmidan ko’prog’ini tashkil qiladi. “Kollej sporti […]

Koronavirus davrida ta’lim: xalqaro talabalarni oldinda nimalar kutyapti?

Posted July 16th, 2020 at 5:13 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ko’pchilik koronavirus pandemiyasi 2020-yil yoziga borib sekinlashi yoki to’xtashini umid qilgan edi. Ammo unday bo’lib chiqmadi. Virus kuchaygandan kuchayib bormoqda. AQShda prel o’rtalarida pandemiya cho’qqisiga chiqqani taxmin qilingan edi. Ammo iyul oyiga kelib ham aprel-may oylariga qaraganda har kuni ikki barobar ko’proq odam kasallanishda davom etyapti. O’zbekiston kabi ba’zi davlatlarda esa pandemiya endi boshlangandek. Xitoy, […]

Koronavirus tufayli AQSh universitetlarida baholash tizimi o’zgaryapti

Posted April 23rd, 2020 at 5:25 pm (UTC-5)
Leave a comment

Koronavirus pandemiyasi tufayli AQSh oliy o’quv yurtlarida barcha kurslar onlayn shaklga o’tgach, bu an’anaviy ta’lim olishga o’rgangan talabalar uchun turli qiyinchiliklarni tug’dirmoqda. Natijada mamlakatdagi 190 dan ortiq kolleji talabalarning akademik ko’rsatkichlari yomonlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun alternativ baholash usullarini taklif qilmoqda. Ko’plab universitetlar kurslar uchun beriladigan turli balli baholash mezonlarini “o’tdi/o’tmadi” deb nomlanadigan ikki xil baholash […]

Koronavirus tufayli Pitsburgdagi universitetlar yopildi

Posted March 12th, 2020 at 3:30 pm (UTC-5)
Leave a comment

Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida joylashgan barcha universitetlar COVID-19 pandemiyasining izchil tarqalib borayotgani bois talaba yoshlar hamda oʻquv yurtlari oʻqituvchi xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida onlayn taʼlim uslubiga oʻtish haqida qaror qabul qildi. Ayni koʻrinishdagi rasmiy bayonot shaharda mavjud boʻlgan barcha universitetlar saytlarida eʼlon qilindi. Ayni qaror ortidan aksar universitetlar ishchi xodimlari va oʻqituvchilari zimmasiga bahorgi taʼtildan […]

2019-yilda 36 million amerikalik o’qishni bitira olmagan

Posted February 26th, 2020 at 2:55 pm (UTC-5)
Leave a comment

Talabalarning o’qishni tashlab ketishi kelajakda ularning pul topish salohiyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Talabalar kliring-tadqiqot markazi raqamlariga ko’ra, AQShda o’tgan yili 36 million kishi o’qishni bitira olmagan. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda esa 2016-yilda uch million odam o’qishni keyinga surgan.  Jahon Banki tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yilda Janubiy Amerika mamlakatlarida 25-29 yoshdagilarning deyarli yarmi o’qishni tamomlay olmagan. […]

Yoshlar uchun imkoniyat: AQSh universitetlariga sayohat qiling

Posted February 6th, 2020 at 1:55 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda o’qishni xohlaysizmi? Buning uchun ishni nimadan boshlashni, anketa va hujjatlarni qanday tayyorlashni, qaysi universitetni tanlashni bilmayapsizmi? Mana shu ishlarning hammasiga yordamni AQShning o’ziga borib olish imkoniyati bor. Ya’ni, AQShda bir oygacha vaqt o’tkazib, Amerika universitetlariga tashrif buyurib, talaba bo’lish yo’l-yo’riqlarini amerikaliklarning o’zidan o’rganib kelish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Samolyot biletidan tortib, […]

Qaysi universitetlar bitiruvchilarga eng ko’p daromad keltiradi?

Posted December 9th, 2019 at 2:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ko’plab talabalar va ularning ota-onalari o’qish uchun kollej yoki universitet tanlashda, avvalo, o’quv yurtining reytingiga qaraydi. Jorjtaun universiteti yaqinda oliy o’quv yurtlarining reytinini belgilashda yangi o’lchov mezonlarini joriy qildi. Unda talabalar oladigan baho, qabul darajasi va imtihonlarga qarab emas, balki o’qish uchun sarflanadigan sarmoya qanchalik o’zini oqlashiga e’tibor berilgan. Bakalavr darajasini beruvchi to’rt yillik xususiy […]

So’rov: AQSh oliy ta’limi qanday muammolar bilan yuzlashmoqda?

Posted November 18th, 2019 at 1:57 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh duyoning eng kuchli oliy ta’lim tizimiga ega mamlakat hisoblanadi. Ammo so’nggi yillarda Amerika bu maqomni boy berish xavfi bilan yuzlashmoqda. Universitetlar raqobat va talabalarning ehtiyojlari o’zgarayotganidan xavotirda. Ekspertlar esa oliy o’quv yurtlarini o’zgarayotgan talablarga mos ravishda yangi uslublarni qo’llashga undamoqda. Oktabr oyida Ta’lim bo’yicha Amerika kengashi reytingi eng baland 500 ta to’rt yillik kollej […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.