Showing Archived Posts

Respublikachilar AQSh oliy o’quv yurtlari haqida salbiy fikrda

Posted July 13th, 2017 at 12:42 pm (UTC-5)
Leave a comment

Katta yoshdagi respublikachilarning aksariyati AQSh kollej va universitetlari mamlakatga salbiy ta’sir ko’rsatadi, degan fikrda. 18 va 29 yosh orasidagi respublikachilar esa bu fikrga qo’shilmaydi. Ayni paytda demokratlarning ko’pi Amerika o’quv yurtlariga yuqori baho beradi. Tafsilotlar bilan men Behzod Muhammadiy. Demokratlar va Demokratlar partiyasiga moyillar kollej va universitetlar haqida ijobiy fikrda. “Pyu” o’tkazgan so’rovga ko’ra, ularning […]

AQShda professorlar doimiy ishlash imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin

Posted March 2nd, 2017 at 1:40 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning bir qator shtatlarida universitet professorlari doimiy ish bilan ta’minlanish imtiyozidan mahrum qilinishi mumkin. Missurilik qonunchi Rik Brettin taqdim etgan qonun loyihasiga ko’ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat universitetlarida o’qituvchilarni umrbod ishlash sharti bilan yollash tartibi bekor qilinadi. Viskonsin va Ayova shtatlarida ham shunday tashabbus ko’tarilgan. Brettinning aytishicha, AQShda oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lib, professorlarga umrbod […]

Prinston AQShning eng yaxshi universiteti deb topildi

Posted September 14th, 2016 at 10:27 am (UTC-5)
1 comment

AQShning taniqli jurnali Amerikadagi universitetlarning yangi reytingini e’lon qildi. “U.S. News & World” nashri har yili 1800 kollej va universitetlarni o’zaro qiyoslab, ularga baho berib chiqadi. Bu yilgi ro’yxatda birinchi o’rinni Prinston universiteti egallagan. Undan keyingi o’rinda Garvard universiteti. 3-o’rinni Chikago va Yel universitetlari bo’lishib olgan.   Bulardan tashqari ijtimoiy fanlar bo’yicha eng zo’r kollejlar, regionlar bo’ycha […]

Ayollar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun grantlar

Posted August 8th, 2016 at 10:35 pm (UTC-5)
Leave a comment

Universitet ayollari Amerika Assotsiatsiyasi (AAUW) ayollarga AQSh universitetlarida magistratura va doktorantura hamda postdoktorlik darajalarida o’qish uchun grant taqdim etmoqda. Arizachi kamida bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda AQShdagi universitetlardan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Kimlar topshirishi mumkin: Talabgorlar ayol bo’lishi hamda magistratura, doktorlik yoki postdoktor darajalarida o’qish uchun hujjat topshirgan yoki o’qiyotgan bo’lishi lozim. G’oliblar akademik […]

Saylov-2016: AQShda prezidentlik uchun nomzodlarning ta’lim bo’yicha qarashlari qanday?

Posted March 15th, 2016 at 5:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh prezidentligi uchun saylov kampaniyasi qizg’in pallaga kirdi. Ular turli sohalarda o’z qarashlarini olg’a surib, o’zlariga ko’proq tarafdor yig’ishga urinmoqda. Blogimiz yo’nalishidan kelib chiqib, biz bugun o’quvchilarimizni asosiy nomzodlarning oliy ta’lim bo’yicha qarashlari va rejalari bilan tanishtiramiz. Demokratlar Demokratlardan asosiy nomzod bo’lishi kutilayotgan Hillari Klinton talabalarning to’rt yillik kollejni qarzsiz tugatishi uchun barcha imkoniyatlarnni yaratish […]

Texas universitetida ilmiy tadqiqotchilar uchun grant

Posted September 9th, 2015 at 11:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShdagi Texas Universiteti Garri Rensom markazi butun dunyodan ilmiy tadqiqotchilarni o’z ilmiy ishlarini olib borishda Markaz kolleksiyasidan foydalanishga taklif etadi. 2016-2017-o’quv yili uchun markaz 70 ta tadqiqotchi uchun grant ajratadi. Tadqiqotlar gumanitar sohada, jumladan, adabiyot, fotografiya, kino, rassomchilik, musiqa va madaniy tarix kabi yo’nalishlarda bo’lishi kerak. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar ilmiy ishlarini 2016-yil 1-iyundan 2017-yil […]

Postdoktor darajasi uchun Fulbrayt stipendiya dasturiga qabul boshlandi

Posted August 12th, 2015 at 3:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

  Fulbrayt tadqiqotchilar uchun bir yillik akademik almashinuv dasturi doirasida AQSh universitetlaridan birida postdoktorlik ilmiy tadqiqotini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda quyidagilar qatnashishi mumkin: O’zbekiston fuqarolari. Nomzod ariza topshirish davomida O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bo’lishi lozim; Doktorantura va unga teng darajaga ega yoki ariza topshirish vaqtida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega; Ingliz tilini ilmiy tadqiqot olib […]

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Posted March 17th, 2015 at 6:39 am (UTC-5)
1 comment

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi: Biznes boshqaruvi; Iqtisodiyot; Ta’lim (Maorif); Atrof-muhitni asrashni boshqarish; Xalqaro munosabatlar; Jurnalistika va Kommunikatsiya; Huquqshunoslik; Kutubxonachilik va Axborot fanlari; Davlat boshqaruvi; Ommaviy sog’liqni saqlash; Davlat siyosati.

AQSh iqtisodiyoti xalqaro talabalardan qancha foyda ko’radi?

Posted December 3rd, 2014 at 10:41 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh universitetlarida bir millionga yaqin xalqaro talaba ta’lim oladi. Ularning yarmi Osiyodan, asosan, Xitoydan. Dunyoda eng ko’p xorijlik talabalarga ega universitetlari bilan taniqli Amerika hali-veri bu mavqeni qo’ldan boy beradigan emas. Xalqaro ta’lim instituti chiqargan ma’lumotga ko’ra, 2013-2014-o’quv yilida AQSh oliy o’quv yurtlarida 886 ming xorijlik talaba tahsil boshlagan. Bu o’tgan yilga qaraganda 8 foizga […]

Xitoylik talabalar AQSh maktablarida ham ko’paymoqda.

Posted October 8th, 2014 at 10:58 am (UTC-5)
Leave a comment

Amerika maktablarining yuqori sinf o’quvchilari orasida xitoyliklar tez-tez ko’zga tashlanadi. Chunki boyib borayotgan xitoylik oilalar uchun farzandini AQSh maktablariga yuborish an’anaga aylanib bormoqda. Greys Lyu 17 yoshda. U Xitoy sharqidagi 14 million kishilik Tianjin shahrida ulg’aygan. Hozir esa AQSh janubidagi bir maktabda yuqori sinf o’quvchisi. “Bu yerning aholisi juda kam. Odamlar esa juda yaxshi. Bir-birimizni […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.