Showing Archived Posts

Xitoylik talabalar AQSh maktablarida ham ko’paymoqda.

Posted October 8th, 2014 at 10:58 am (UTC-5)
Leave a comment

Amerika maktablarining yuqori sinf o’quvchilari orasida xitoyliklar tez-tez ko’zga tashlanadi. Chunki boyib borayotgan xitoylik oilalar uchun farzandini AQSh maktablariga yuborish an’anaga aylanib bormoqda. Greys Lyu 17 yoshda. U Xitoy sharqidagi 14 million kishilik Tianjin shahrida ulg’aygan. Hozir esa AQSh janubidagi bir maktabda yuqori sinf o’quvchisi. “Bu yerning aholisi juda kam. Odamlar esa juda yaxshi. Bir-birimizni […]

Eng kuchli universitetga kirish uchun a’lo baholar kifoyami?

Posted April 20th, 2014 at 9:12 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning eng zo’r universitetlariga kirish va grant olish uchun minimum talablar nimalardan iborat ekani haqida yaxshi ma’lumotga egasiz. Bu haqda avvalgi maqolalarimizda ham ma’lumot berganmiz. Keling, ularni yana bir bor esga olaylik. Demak, AQShda magistratura bo’yicha yaxshi universitetga qabul qilinishni istasangiz va qabul qilinish bilan birga grant olish umidingiz bo’lsa, avvalo, bakalavrlik diplomingiz bo’lishi, bo’lganda […]

Talabalar uchun maxsus axborot seminarlari (Toshkentda)

Posted January 5th, 2014 at 5:10 pm (UTC-5)
Leave a comment

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki Toshkentga kelish imkoniyatiga ega bo’lgan talabalar diqqatiga! Toshkent shahridagi AQSh elchixonasida joylashgan Ta’lim maslahat markazida kelayotgan kunlar talabalar uchun maxsus bir necha muhim axborot sessiyalari tashkil etilmoqda. Ularda AQShda grant asosida o’qish, grantlarni topish yo’l-yo’riqlari hamda AQShda o’qish sir-sinoatlariga oid muhim ma’lumotlar beriladi. AQShda o’qish niyatida bo’lgan barchaga ushbu yig’inlarda […]

AQShda o’qishning o’ziga xos jihatlari

Posted November 3rd, 2013 at 12:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

Amerika universitet ta’lim sifati yuqoriligi bilan dunyoda peshqadam davlatlardan biri hisoblanadi. Bu nimaning hisobiga? Bu yurtdagi oliy ta’lim tizimidagi o’ziga xos jihatlar nimalardan iborat? Bu xos xususiyatlarning bevosita talabaga bog’liq bir nechtasi haqida quyida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. 1. Butun semestr davomida yozma ishlar, topshiriqlar bo’ladi Biror fandan qanday baho olishingiz semestr oxirida bo’ladigan yakuniy imtihongagina […]

O’qish bepul bo’lgan kollejlar

Posted September 26th, 2013 at 8:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

Oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lgan AQShdek davlatda ham hanuz o’qish bepul bo’lgan kollejlar bor ekan. Ularning aksariyati kichik ta’lim muassasalari bo’lib, bepul ta’lim evaziga talabalardan haftasiga bir necha soat ishlab berishni talab etadi. Ayni paytda yotoq va yashash xarajatlarini talabalarning o’zlari ko’tarishi kerak. Lekin ayrimlarida yashash xarajatlari ham o’qish tomonidan qoplanadi. Navbatdagi maqolamizda ana […]

AQShning eng arzon va eng qimmat kollejlari

Posted September 5th, 2013 at 9:02 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Ta’lim departamenti yaqinda yana bir ajoyib saytni ishga tushirdi: College Affordability and Transparency Center. Bu sayt orqali siz AQShda bakalavr darajasi bo’yicha oliy o’quv yurtlarida o’qishning bir yilda bir talaba uchun qanchaga tushishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Saytdan foydalanish juda oson. Bosh sahifaning o’zidan turib, siz eng arzon yoki eng qimmat kollejlar ro’yxatini ko’rishingiz […]

“EducationUSA” maslahat markazini bilasizmi?

Posted August 29th, 2013 at 10:16 am (UTC-5)
1 comment

Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olish haqida maslahat va ma’lumot beruvchi manbalar ko’p. Interneta bu haqda ko’plab ma’lumotlar topishingiz mumkin. Ayni shu maqsadga xizmat qiladigan foydali resurslar bilan to’la ta’lim markazini O’zbekistondan ham topishingiz mumkin. Toshkentdagi AQSh elchixonasining “EducationUSA” maslahat markazi AQSh kollej va universitetlarida o‘qish uchun hujjat topshirish bilan bog‘liq aniq, keng qamrovli va kundalik ma’lumotlarni […]

Amerikaning eng zo’r universiteti qaysi?

Posted August 7th, 2013 at 6:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda har yili ta’lim tadqiqotlari bilan shug’ullanuvchi bir necha kompaniya tomonidan universitetlar reytingi e’lon qilinadi. Ammo bu reytinglar orasida farqlar mavjud. Ulardan biri eng yaxshi deb topgani ikkinchi bir reytingda hatto kuchli o’nlikdan o’rin olmagan bo’lishi ham mumkin. Buning sabablari nimada? Bu reytinglar ishonchlimi? AQShning eng kuchli universiteti qaysi? Bu savollarga oson javob topish qiyin. […]

Boston portlashlarida gumon qilingan shaxsning qo’lga olinishini talabalar olqish bilan kutib oldi

Posted April 21st, 2013 at 2:00 pm (UTC-5)
Leave a comment

Shu hafta boshida Boston marafonida yuz bergan portlashlar nafaqat shahar aholisini yoki Amerikani, balki butun dunyoni larzaga soldi. Marafonning finish chizig’i yaqinida portlagan ikki bomba uch insonni hayotdan olib ketdi, 180 dan ortiq odam yaralandi. Halok bo’lganlarning biri xitoylik talaba ekani aniqlangan. Xurujga aloqadorlikda shubhalangan shaxslar surati aniqlangach, huquq-tartibot organi xodimlarni zudlik bilan ularni qo’lga […]

AQShning eng sevimli universitetlari

Posted January 8th, 2013 at 3:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda eng ko’p abiturientni o’ziga jalb qiladigan universitetlarni, shartli ravishda, sevimli universitetlar deb atadik. Chunki odam faqat o’zi yoqtirgan joyda o’qishni istaydi. Shunday ekan, eng ko’p hujjat topshirilayotgan universitetni eng ko’p sevilgan oliy o’quv yurti deb atash mumkin. Bu universitetlarning nega buncha kop’ odamni o’ziga jalb qilishining sabablari turlicha. Lekin eng muhimi, albatta, o’qish sifati […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.