Talabalarning o’qishni tashlab ketishi kelajakda ularning pul topish salohiyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Talabalar kliring-tadqiqot markazi raqamlariga ko’ra, AQShda o’tgan yili 36 million kishi o’qishni bitira olmagan. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda esa 2016-yilda uch million odam o’qishni keyinga surgan. Jahon Banki tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yilda Janubiy Amerika mamlakatlarida 25-29 yoshdagilarning deyarli yarmi o’qishni tamomlay olmagan. […]
2019-yilda 36 million amerikalik o’qishni bitira olmagan
Yozgi ish va sayohat dasturiga o’zgartirishlar kiritildi
Har yili 100 mingdan ortiq xorijlik talaba yozgi ta’til mavsumida AQShga tashrif buyurib, bu yerda to’rt oygacha bo’lgan muddat davomida ishlash va madaniy hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ular orasida o’zbekistonlik talabalar ham bor. O’zbekistonlik talabalar uchun dastur, odatda, 15-iyundan 31-avgustgacha davom etadi. AQSh Davlat departamenti shu oy boshida ushbu dasturga doir bir qancha o’zgarishlarni […]
Xalqaro talabalar ro’yxatida Xitoy hanuz peshqadam
Ammo Meksika va Braziliyalik talabgorlar sonida ham bu yil katta o’sish kuzatilgan AQSh universitetlariga magistratura va undan yuqori darajalar uchun o’qishga hujjat topshirayotgan xalqaro talabalar soni bu yil 9 foizga o’sgan. Bu o’tgan yilgi o’sishdan ikki foiz kam. Xitoy, Meksika va Braziliya davlatlaridan kelgan hujjatlar sonida bu yil eng katta o’sish kuzatilgan. Xalqaro talabalarni o’ziga […]
Xitoylik talabalar orasida qalbaki hujjatlar bilan o’qishga kirish holatlari yuqori
AQShga xorijdan eng ko’p talaba jo’natayotgan mamlakat bu Xitoy. Okeanortiga ta’lim uchun kelayotgan xitoyliklar soni yildan yilga o’sib bormoqda. Ammo AQSh ta’lim dargohlariga qabul bo’yicha mutaxassislarning aytishicha, xitoylik talabalar orasida hujjatlarni qalbakilashtirish va shu yo’l bilan oliy o’quv yurtlariga kirib olish holatlari ko’p uchraydi. Kollejlarga qabul bo’yicha Milliy Assotsiatsiya tuzgan qo’mita rahbari Filip Balingerning aytishicha, […]
Ehtiyot bo’ling: Ayrin to’foni!
Ertaga Shimoliy Karolinadan tortib Meyn shtatigacha AQSh sharqiy qirg’og’i Ayrin nomli dahshatli to’fonga yuz tutishi mumkin. Bu haqda AQSh ommaviy axborot vositalari bir haftadirki, bong urmoqda. To’fonga oid xabarlarni dovul xavfi yuqori bo’lgan shtatlardagi oliy o’quv yurtlarida ma’muriyat talabalar shaxsiy “e-mail”lariga ham yuborishmoqda. Dovul sodir bo’layotganini quyidagi belgilar orqali bilish mumkin: yomg’ir aralash shamol har […]
Abiturientlar diqqatiga: Imtihon natijalarini SMS orqali bilishingiz mumkin
Vatanimizda abiturientlarning yuragi taka-puka bo’lib, mandat kunini kutayotganlari aniq. Ko’p yoshlar olis viloyatlardan imtihonlari natijasini bilish uchun Toshkentga yo’l bosib keladi. Bu, albatta, oson emas. Ayniqsa, shuncha yo’l bosib kelsa-yu, olgan natijasi – peshonadan sovuq ter chiqaradigan yomon xabar bo’lsa. Bundan 10 yillar muqaddam men ham abiturient edim. Bu narsalarni o’z boshimdan o’tkazganman. Kaminaga imtihondan […]
Ahvoling qanday, abiturient?
Siz bugun talabasiz. Yaqin o’tmishda abiturient edingiz. O’sha kunlarni, ayniqsa, kirish imtihoningiz bo’lgan kunni hozir ham juda yaxshi eslasangiz kerak. Hajayon, qo’rquv va nihoyat, orziqib kutilgan kun – mandat… Yaxshi bilasiz, O’zbekistonda har yili 1-avgustda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari o’tkaziladi. Bu yil shu imtihon bir kun keyinga, 2-avgustga qoldirildi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim […]
O’quv yili tugamoqda: Ish topdingizmi?
Dunyoning ko’plab o’lkalarida navbatdagi o’quv yili o’z poyoniga yetmoqda. Jumladan, AQShda ham. Universitetni bitirayotgan aksariyat yoshlar oldida kelajak mavhum. Chunki hozir mamlakatda ish topish har qachongidan ham qiyin. Iqtisod jiddiy tanazzulga yuz tutgan 2008-yildan beri ishsizlik darajasi 9 foizdan pastga tushmayapti. Bu 1980-yillar boshidagi rekord darajaga yaqin. “Amerika Ovozi” o’zbek xizmati bugun shu muammoni ko’tarib […]
Obama xalqaro talabalarning AQShda qolishini istaydimi?
Yaqinda AQSh Kongressiga qilgan xitobida, AQSh prezidenti Barak Obama chet ellik talabalarni o’qishlari bitgandan so’ng o’z vatanlariga qaytarib yuborish haqidagi siyosatni notog’ri deya baholadi: “Bugun o’quv dargohlarimizda ilmlarini oshirayotgan Amerikalik bo’lmagan yuz minglab talabalar bor. Ularning ayrimlari hujjatsiz ishchilarning farzandlaridir, ular ota-onalarining qilgan ishlariga javobgar emaslar. Ular Amerikalik bo’lib voyaga yetgan, bizning bayrog’imizga sodiqlik ko’rsatadi, […]
Amerikacha ismingiz bormi?
Tanishlaringizdan kimdir ismingizni eslay olmasa yoki uni noto’g’ri talaffuz qilsa, jahlingiz chiqadimi? Bu holat ayniqsa xorijda ko’p takrorlanishi mumkin. Chunki dunyo xalqlarida ismlar rang-barang va ko’plab ismlar sizga qiyin va hatto g’alari tuyulishi tabiiy. Bu Amerikada xorijlik talabalar ko’p duch keladigan muammolardan biri. Ba’zan yangi tanishgan do’stingizga ismingizni bot-bot takrorlashingiz kerak, ba’zida esa qog’ozga […]