Showing Archived Posts

  • Page 2 of 2
  • <
  • 1
  • 2

Yaponiya haqqiga duo qiling: U yerda vatandoshlarimiz ham bor

Posted March 18th, 2011 at 4:49 pm (UTC-5)
2 comments

Yaponiya haqqiga duo qil! – “Yaponiyadagi o’zbeklar” Facebook guruhi surati Yaponiyada yuz bergan zilzila va uning ortidan kelgan sunami butun dunyoni larzaga soldi. Turli darajadagi zilzilalar ko’p ro’y beradigan Yaponiyada bunisi hammasidan oshib tushdi. Asosiy ofatni zilzila ortidagi sunami olib keldi: qirg’oqbo’yidagi katta-katta shaharlar vayron bo’lib, minglab odamlarning yostig’i quridi. Eng dahshatlisi, sunami atom energiyasi […]

Daqiqaning qadri

Posted March 16th, 2011 at 6:10 am (UTC-5)
Leave a comment

Izoh: Talabaning hayotida vaqt juda g’animat. Buni, ayniqsa, imtihon arafasida juda yaxshi tushunasiz. Vaqtingizdan unumli foydalanyapsizmi, Vatandosh? Hatto bir daqiqaning, payti kelsa, qadri bo’lishini bilasizmi? Shu haqdagi mulohazalarimni kundaligimga qachonlardir yozib qo’ygan ekanman. Vaqtini behuda sarflayotganlar uchun zora bir eslatma bo’lsa, deb quyida shuni keltirishga qaror qildim. Yoshligimizda maktabda tutgan daftarlarimizning muqovasida G’afur G’ulomning surati […]

“Vatandosh” talabalar gazetasimi?

Posted March 12th, 2011 at 5:28 pm (UTC-5)
2 comments

Xabaringiz bor, yaqinda Amerika tarixida ilk bor o’zbek tilida “Vatandosh” gazetasining nishona soni dunyo yuzini ko’rdi. Tahririyatga yaqin do’stlarimizning xabar berishicha, gazeta ijodiy jamoasi orasida talabalar faol va gazeta AQShdagi o’zbekistonlik talabalarni asosiy mushtariylar va ishtirokchilar sifatida  ko’rishni istaydi. “Vatandosh” talabalar gazetasimi? U Amerikadagi o’zbek yoshlari va talabalari uchun nima bera oladi? Shu savollar bilan […]

Assalom Amerika: Ilk taassurotlar!

Posted March 11th, 2011 at 10:26 pm (UTC-5)
5 comments

Izoh: Kundaligimni varaqlab o’tirib, Amerikaga ilk kelgan kunlarim tasvirlangan sahifalarni qayta o’qib qoldim. Ikki yil muqaddam yozilgan bu voqealar kechagidek esimda. AQShda o’qiyotgan boshqa vatandoshlarimiz ham bu o’lkaga ilk bor tashrif buyurganlarida  shunday yoki shunga o’xshash voqealarni, his-tuyg’ularni boshlaridan o’tkazgan bo’lsa, ajab emas. Yorqin kunlarimdan yodgorlik bo’lgan bu kundalik yozuvlarini o’zgartirmasdan, e’tiboringizga shundayligicha havola qilmoqchiman. […]

Nima bizga Amerika?

Posted February 28th, 2011 at 9:46 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’tmish va bugun Zukko talabalarimizga bosh sarlavhadagi antiqa gap tanish ko’ringan bo’lsa ajab emas. Iste’dodli o’zbek shoiri Hamid Olimjon o’tgan asrning 30-yillari boshida Amerikaga qarshi kommunistik propaganda ruhi bilan yo’g’rilgan ayni shu nomda bir she’r bitgandi. “Amerika bizga kim bo’pti? Uning g’ayrati, kuch-quvvati, hammasi bir pul!” deya bong urgan shoir kun kelib o’zi topingan Sovet imperiyasining qulashini, […]

  • Page 2 of 2
  • <
  • 1
  • 2

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.