Showing Archived Posts

Xorijliklar AQSh hukumatidan grant yoki imtiyozli kredit olishi mumkinmi?

Posted February 25th, 2021 at 2:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

Amerikada talabalar uchun hukumat tomonidan beriladigan bir qator grant va kredit dasturlari mavjud. Ular, odatda, faqat AQSh fuqarolari yoki rezidentlariga beriladi. Xalqaro talabalar esa o’qish uchun o’z hisobidan to’lashi yoki qimmat narxlarda qarz olishi kerak bo’ladi. O’qish narxining mahalliy talabalarga qaraganda xorijliklar uchun ancha yuqori ekani yana bir qo’shimcha muammo. Ammo istisno holatlar ham bor. […]

Posted in Ta'lim grantlari

Bakalavr talabalari uchun “UGRAD” dasturiga qabul boshlandi

Posted February 2nd, 2021 at 2:41 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Talabalar almashish bo‘yicha global dasturiga (Global UGRAD) qabul davom etmoqda. Unda 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan o’zbekistonlik talabalar qatnashishi mumkin. Dasturga qabul qilinganlar Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan kursda o‘qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Barch ta’lim yo’nalishlari bo’yicha hujjat topshirish mumkin. Qatnashish shartlari […]

Posted in Ta'lim grantlari

AQShda bir yil malaka oshirishni istaysizmi?

Posted June 17th, 2020 at 10:03 am (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt ta’lim almashinuv dasturlari doirasiga kiruvchi Hyubert Hamfri (Hubert Humphrey) dasturi o‘zbekistonlik mutaxassislarga AQShda o‘n oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish imkonini beradi. Qatnashchilar Amerika universitetida bir yil davomida o‘zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura kursida tahsil oladi, lekin magistrlik unvoni berilmaydi. Kim uchun? Dastur davlat va […]

Posted in Ta'lim grantlari

Yoshlar uchun imkoniyat: AQSh universitetlariga sayohat qiling

Posted February 6th, 2020 at 1:55 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda o’qishni xohlaysizmi? Buning uchun ishni nimadan boshlashni, anketa va hujjatlarni qanday tayyorlashni, qaysi universitetni tanlashni bilmayapsizmi? Mana shu ishlarning hammasiga yordamni AQShning o’ziga borib olish imkoniyati bor. Ya’ni, AQShda bir oygacha vaqt o’tkazib, Amerika universitetlariga tashrif buyurib, talaba bo’lish yo’l-yo’riqlarini amerikaliklarning o’zidan o’rganib kelish imkoniyati mavjud. Bularning barchasi mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Samolyot biletidan tortib, […]

Global liderlar uchun Jorj Vashington universitetining stipendiya dasturi

Posted January 30th, 2017 at 2:06 pm (UTC-5)
Leave a comment

Global liderlar uchun stipendiya dasturi Jorj Vashington universitetida magistratura va doktorantura darajalarini o’qish uchun grant beradi. Dasturda 2017-yil kuzdan o’qishini boshlaydigan talabalar qatnashishi mumkin. 2017-2018-o`quv yiliga jami 18 kredit soatini qoplovchi uchta grant beriladi. Kitoblar, yashash, va shu kabi boshqa xarajatlar nomzodning o`zi tomonidan qoplanishi kerak. Ushbu grant har yili yangilanadi va magistrantlarga maksimum 3 […]

Posted in Ta'lim grantlari

Bakalavr talabalari uchun Global UGRAD dasturiga qabul boshlandi

Posted November 14th, 2016 at 11:40 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan o‘qish imkoniyatini yaratib […]

Tags: Posted in Ta'lim grantlari

Ayollar uchun AQShda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun grantlar

Posted August 8th, 2016 at 10:35 pm (UTC-5)
Leave a comment

Universitet ayollari Amerika Assotsiatsiyasi (AAUW) ayollarga AQSh universitetlarida magistratura va doktorantura hamda postdoktorlik darajalarida o’qish uchun grant taqdim etmoqda. Arizachi kamida bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda AQShdagi universitetlardan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Kimlar topshirishi mumkin: Talabgorlar ayol bo’lishi hamda magistratura, doktorlik yoki postdoktor darajalarida o’qish uchun hujjat topshirgan yoki o’qiyotgan bo’lishi lozim. G’oliblar akademik […]

Texas universitetida ilmiy tadqiqotchilar uchun grant

Posted September 9th, 2015 at 11:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShdagi Texas Universiteti Garri Rensom markazi butun dunyodan ilmiy tadqiqotchilarni o’z ilmiy ishlarini olib borishda Markaz kolleksiyasidan foydalanishga taklif etadi. 2016-2017-o’quv yili uchun markaz 70 ta tadqiqotchi uchun grant ajratadi. Tadqiqotlar gumanitar sohada, jumladan, adabiyot, fotografiya, kino, rassomchilik, musiqa va madaniy tarix kabi yo’nalishlarda bo’lishi kerak. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar ilmiy ishlarini 2016-yil 1-iyundan 2017-yil […]

Fulbrayt chet tili o’qituvchi assistenti dasturi

Posted May 19th, 2015 at 10:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt Chet Tili O‘qituvchi Assistenti (ChTO‘A) dasturi granti bir akademik yilga berilib, asosan avgust oyida boshlanib may oyigacha davom etadi. ChTO‘A ilmiy daraja BERILMAYDIGAN dastur bo‘lib, asosiy maqsadi AQSh kollejlari va universitetlarida chet tilidan dars berishni takomillashtirish, shu qatorda ingliz tili o‘qituvchilari yoki bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning mahoratlarini takomillashtirish, ingliz tili bilimlarini oshirish hamda AQSh jamiyati va […]

Posted in Ta'lim grantlari

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Posted March 17th, 2015 at 6:39 am (UTC-5)
1 comment

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi: Biznes boshqaruvi; Iqtisodiyot; Ta’lim (Maorif); Atrof-muhitni asrashni boshqarish; Xalqaro munosabatlar; Jurnalistika va Kommunikatsiya; Huquqshunoslik; Kutubxonachilik va Axborot fanlari; Davlat boshqaruvi; Ommaviy sog’liqni saqlash; Davlat siyosati.

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.