Showing Archived Posts

O’zbek tilida grantlar sayti

Posted February 7th, 2015 at 2:04 pm (UTC-5)
2 comments

Xorijda tahsil olishni istovchi o’zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o’zbek tilida Grantlar.uz nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo’ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi. Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o’rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o’qish topish, hujjatlarni […]

Markaziy Osiyo bo’yicha ilmiy maqolalar tanlovi

Posted September 6th, 2014 at 9:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi Markaziy Osiyo bo’yicha tadqiqotlarni rag’batlantirish maqsadida “Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo’yicha eng yaxshi bitiruvchi talaba ilmiy ishi” nomli tanlov e’lon qildi. G’olib talabaga $300 pul mukofoti beriladi hamda maqolasi “Markaziy Osiyo masalalari” (Central Asia Affairs) jurnalida chop etiladi. Ishtirok etish shartlari: Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talaba magistratura yoki aspirantura talabasi […]

Posted in Ta'lim grantlari

Tadqiqotchilar uchun “Fulbrayt” ta’lim dasturiga qabul boshlandi

Posted June 18th, 2014 at 12:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2015-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Adliya; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; Atrof-muhitni […]

“Fulbright” granti magistratura uchun arizalarni qabul qilmoqda

Posted May 19th, 2014 at 12:40 am (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2015-2016-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari  byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]

Yozgi maktab dasturi uchun Nyu-Yorkka tashrif buyuring

Posted March 16th, 2014 at 4:03 pm (UTC-5)
Leave a comment

“BMTning Tamaddunlar ittifoqi” hamda “EF Ta’lim Birinchi” tashkiloti 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lganlar uchun Yozgi maktab dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur Nyu-York shahri markazidan 45 km. uzoqlikda joylashgan EF Xalqaro ta’lim markazida 2014-yilning 16-avgustidan 23-avgustigacha bo’lib o’tadi. Uni o’tkazishdan quyidagilar maqsad qilingan: 1. Yoshlarning madaniyatlararo aloqa bo’yicha malakalarini kuchaytirish orqali ularning imkoniyatlarini yanada oshirish; 2. […]

Posted in Ta'lim grantlari

Ayol jurnalistlar uchun ilmiy-amaliy kurs

Posted March 2nd, 2014 at 8:31 pm (UTC-5)
Leave a comment

Xalqaro ayollar media jamg’armasi 2014-2015-o’quv yili uchun Elizabeth Neuffer stipendiyasiga tanlov boshlanganini ma’lum qiladi. Tanlovda dunyoning istalgan burchagidan bosma, teleradio yoki internet sohasida ishlovchi ayol jurnalistlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar inson huquqlari va ijtimoiy adolat mavzularini yoritgan bo’lishlari kerak. Qabul qilinganlar yetti oy davomida Boston va Nyu-Yorkda ishlash va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ular […]

Posted in Ta'lim grantlari

AQShda o’qish uchun grant topish yo’llari

Posted January 19th, 2014 at 11:14 pm (UTC-5)
2 comments

Bizga kelayotgan savollarning aksariyati grantlar haqida bo’lyapti. AQShda o’qish uchun ta’lim grantlarini qanday topish mumkin? Navbatdagi maqolamizda ana shu mavzuga yana bir bor to’xtalishga qaror qildik. AQShga o’qish uchun kelish jarayonining eng qiyin bosqichi ham shu aslida. Ya’ni, grant topish. Avvalgi maqolalarimizda ham bu mavzuga alohida to’xtalganmiz. Ular bilan tanishib chiqishingizni yana bir bor tavsiya […]

Posted in Ta'lim grantlari

Talabalar uchun maxsus axborot seminarlari (Toshkentda)

Posted January 5th, 2014 at 5:10 pm (UTC-5)
Leave a comment

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki Toshkentga kelish imkoniyatiga ega bo’lgan talabalar diqqatiga! Toshkent shahridagi AQSh elchixonasida joylashgan Ta’lim maslahat markazida kelayotgan kunlar talabalar uchun maxsus bir necha muhim axborot sessiyalari tashkil etilmoqda. Ularda AQShda grant asosida o’qish, grantlarni topish yo’l-yo’riqlari hamda AQShda o’qish sir-sinoatlariga oid muhim ma’lumotlar beriladi. AQShda o’qish niyatida bo’lgan barchaga ushbu yig’inlarda […]

O’qituvchilar uchun AQShda malaka oshirish imkoniyati

Posted December 29th, 2013 at 11:57 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’qituvchimisiz? Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitasizmi? Unda siz ikki oy muddatga AQShga kelib o’qib ketish imkoniyatiga egasiz. Shoshiling, Toshkentdagi AQSh elchixonasi 2015-yil uchun yangi ta’lim grantini e’lon qildi. Hujjatlarni topshirish muddati 3-mart, 2014-yil, 18:00. Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi (The Teaching Excellence […]

Posted in Ta'lim grantlari

San’at vakillari uchun AQShga kelish imkoniyati

Posted November 17th, 2013 at 8:28 pm (UTC-5)
Leave a comment

Teatr, rassomchilik, raqs, haykaltaroshlik kabi san’at sohalaridan birida faoliyat yuritasizmi? Balki shunday san’atlar bilan bog’liq loyihalarni boshqararsiz? Unda siz AQShga grant orqali kelib, o’z san’atingizni namoyish etish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dasturda ishtirok etishning shartlari quyidagicha: Avvalo, sizning AQShga kelib amalga oshirmoqchi bo’lgan san’at loyihangiz notijoriy maqsadda bo’lishi mumkin. Masalan, siz AQSh maktablari bo’ylab o’quvchilarga o’z […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.