Showing Archived Posts

Xitoylik talabalarning AQShda o’qishiga cheklov qo’yilmoqda

Posted September 9th, 2020 at 10:11 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh rasmiylari Xitoy bilan mavjud ziddiyatlar doirasida endi ta’lim sohasida ham xitoyliklarning Amerikadagi faoliyatini cheklash niyatida. O’tgan hafta Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan, Amerika universitetlarida filiallari bo’lgan Konfutsiy institutlarining barchasi yil oxiriga qadar yopilishini ma’lum qildi. Davlat kotibi Xitoy hukumati tomonidan moliyalanadigan institutlarni AQSh kollejlarida “josuslar va hamkorlar”ni yollash uchun ishlayotganlikda aybladi. […]

Posted in Ta'lim

Koronavirus davrida ta’lim: xalqaro talabalarni oldinda nimalar kutyapti?

Posted July 16th, 2020 at 5:13 pm (UTC-5)
Leave a comment

Ko’pchilik koronavirus pandemiyasi 2020-yil yoziga borib sekinlashi yoki to’xtashini umid qilgan edi. Ammo unday bo’lib chiqmadi. Virus kuchaygandan kuchayib bormoqda. AQShda prel o’rtalarida pandemiya cho’qqisiga chiqqani taxmin qilingan edi. Ammo iyul oyiga kelib ham aprel-may oylariga qaraganda har kuni ikki barobar ko’proq odam kasallanishda davom etyapti. O’zbekiston kabi ba’zi davlatlarda esa pandemiya endi boshlangandek. Xitoy, […]

2019-yilda 36 million amerikalik o’qishni bitira olmagan

Posted February 26th, 2020 at 2:55 pm (UTC-5)
Leave a comment

Talabalarning o’qishni tashlab ketishi kelajakda ularning pul topish salohiyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Talabalar kliring-tadqiqot markazi raqamlariga ko’ra, AQShda o’tgan yili 36 million kishi o’qishni bitira olmagan. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda esa 2016-yilda uch million odam o’qishni keyinga surgan.  Jahon Banki tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yilda Janubiy Amerika mamlakatlarida 25-29 yoshdagilarning deyarli yarmi o’qishni tamomlay olmagan. […]

Ish topish uchun amaliyot qanchalik muhim?

Posted January 1st, 2020 at 11:59 am (UTC-5)
Leave a comment

Talabalar kelajakda qanday sohada ishlashi, nima ish qilishi haqida o’qish paytidayoq jiddiy o’ylashi kerak. Nyu-York shtatidagi Klarkson universiteti rasmiysi Margo Jenkinsning aytishicha, ko’plab talabalar kelajakda qanday ish xohlashlari haqida aniq tasavvurga ega emas. U talabalarga o’qish paytidayoq tajriba oshirishni tavsiya qiladi. “Nimaga qiziqasiz? Hozirdan shuning ortidan borishingiz kerak. Biz talabalarni to’g’ri yo’lga yo’naltirish uchun shu […]

Posted in Karyera, Ta'lim

Motivatsiya – muvaffaqiyat garovi

Posted November 7th, 2019 at 7:52 am (UTC-5)
Leave a comment

Har bir muvaffaqiyat ortida nima turadi, bilasizmi? AQShda nufuzli oliy o’quv yurtida to’liq grant bilan o’qish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun, avvalo, nima qilish kerak? IELTSdan 7 ball olish kerakmi yoki qattiq mehnat qilish kerakmi? Albatta, bular muhim. Lekin bulardan ham oldin sizda ishtiyoq bo’lishi kerak. IELTSdan 7 ball olishingizni ta’minlaydigan qattiq mehnatni sevib qilshingiz kerak. […]

Posted in Ta'lim

AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni qancha?

Posted April 22nd, 2019 at 9:43 am (UTC-5)
Leave a comment

Bugun AQSh ta’lim tizimi dunyodagi eng taraqqiy etgan ta’lim tizimlardan biri sanaladi. Dunyodagi “eng yaxshi oliy ta’lim dargohi” sifatida tan olingan universitetlarning yuztaligiga ham aksariyat AQSh universitetlari kiradi. Aniqroq aytganda, dunyodagi “eng yaxshi oliy ta’lim dargohlari” yuztaligining 30 tasi aynan AQShda joylashgan. Shu sabab ham bu mamlakatga kelib tahsil oluvchilar soni juda ko’p. Hozirgi kunda […]

Posted in Ta'lim

Toshkentdagi AQSh elchixonasi bepul til kurslarini taqdim etadi

Posted August 29th, 2016 at 12:45 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh elchixonasi “Ingliz tilini bitiruvchilar bilan o’rganing” nomli loyiha boshlaganini ma’lum qildi. Dastur doirasida AQShda tahsil olib kelgan talabalar haftada uch marta ingliz tili darslarini o’tadi. Har bir dars bir yarim soat davom etadi. “Amaldagi til” (Language in Use) kursi 14 yosh va undan tepadagilar uchun mo’ljallangan. “TOEFLga tayyorgarlik kursi” (TOEFL Preparation Course) esa ingliz […]

Posted in Ta'lim

Demokratiya mavzusida yoshlar uchun AQShda malaka oshirish imkoniyati

Posted May 9th, 2016 at 12:32 pm (UTC-5)
Leave a comment

Demokratiya uchun jahon yoshlar ijtimoiy harakati va  Demokratik tadqiqotlar uchun xalqaro forum (DMJ) hamkorlikda yoshlar uchun yetakchilik va tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish dasturini e’lon qiladi. Dasturda ishtirokchilar demokratiya borasida jahon amaliyotini o’rganish, boshqa davlatlar vakillari bilan fikr almashish bilan birgalikda, oylik o’tkaziladigan onlayn forum-bahslarda ishtirok etadi. Shunindek, qatnashchilar dastur vebsaytiga blogpostlar yozish va dastur rivojiga boshqa ko’rinishlarda hissa qo’shishlari nazarda […]

Posted in Ta'lim

Saylov-2016: AQShda prezidentlik uchun nomzodlarning ta’lim bo’yicha qarashlari qanday?

Posted March 15th, 2016 at 5:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh prezidentligi uchun saylov kampaniyasi qizg’in pallaga kirdi. Ular turli sohalarda o’z qarashlarini olg’a surib, o’zlariga ko’proq tarafdor yig’ishga urinmoqda. Blogimiz yo’nalishidan kelib chiqib, biz bugun o’quvchilarimizni asosiy nomzodlarning oliy ta’lim bo’yicha qarashlari va rejalari bilan tanishtiramiz. Demokratlar Demokratlardan asosiy nomzod bo’lishi kutilayotgan Hillari Klinton talabalarning to’rt yillik kollejni qarzsiz tugatishi uchun barcha imkoniyatlarnni yaratish […]

Postdoktor darajasi uchun Fulbrayt stipendiya dasturiga qabul boshlandi

Posted August 12th, 2015 at 3:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

  Fulbrayt tadqiqotchilar uchun bir yillik akademik almashinuv dasturi doirasida AQSh universitetlaridan birida postdoktorlik ilmiy tadqiqotini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda quyidagilar qatnashishi mumkin: O’zbekiston fuqarolari. Nomzod ariza topshirish davomida O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bo’lishi lozim; Doktorantura va unga teng darajaga ega yoki ariza topshirish vaqtida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega; Ingliz tilini ilmiy tadqiqot olib […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.