AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniy masalalar byurosi Oregon universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari yoki kelajakda shu sohada ishlamoqchi bo’lganlar uchun onlayn dars taqdim etmoqda. Kurs “Ingliz tilini o’qitish uslublarimizni shakllantirish bo’yicha keng qamrovli ochiq onlayn kurs” (Shaping the Way We Teach English Massive Open Online Course (MOOC) deya nomlanib, “Coursera” onlayn ta’lim sayti […]
AQSh Davlat departamenti ingliz tilidan onlayn dars taqdim etadi
AQSh iqtisodiyoti xalqaro talabalardan qancha foyda ko’radi?
AQSh universitetlarida bir millionga yaqin xalqaro talaba ta’lim oladi. Ularning yarmi Osiyodan, asosan, Xitoydan. Dunyoda eng ko’p xorijlik talabalarga ega universitetlari bilan taniqli Amerika hali-veri bu mavqeni qo’ldan boy beradigan emas. Xalqaro ta’lim instituti chiqargan ma’lumotga ko’ra, 2013-2014-o’quv yilida AQSh oliy o’quv yurtlarida 886 ming xorijlik talaba tahsil boshlagan. Bu o’tgan yilga qaraganda 8 foizga […]
Rossiya “FLEX” dasturidan chiqqanini ma’lum qildi
Rossiya hukumati AQSh hukumati tomonidan moliyalanadigan va yuqori sinf o’quvchilariga AQShda bir yil o’qish imkoniyatini beruvchi “FLEX” dasturi doirasida o’z fuqarolarini AQShga ortiq yubormasligini ma’lum qildi. Bunga, matbuot xabarlariga ko’ra, rus o’quvchilaridan birining AQShdan siyosiy boshpana so’ragani sabab bo’lgan. Har yili Rossiyadan AQShga joriy dastur doirasida 240 atrofida o’quvchi kelardi. Bundan buyon Rossiyaga beriladigan o’rinlarning […]
Xitoylik talabalar AQSh maktablarida ham ko’paymoqda.
Amerika maktablarining yuqori sinf o’quvchilari orasida xitoyliklar tez-tez ko’zga tashlanadi. Chunki boyib borayotgan xitoylik oilalar uchun farzandini AQSh maktablariga yuborish an’anaga aylanib bormoqda. Greys Lyu 17 yoshda. U Xitoy sharqidagi 14 million kishilik Tianjin shahrida ulg’aygan. Hozir esa AQSh janubidagi bir maktabda yuqori sinf o’quvchisi. “Bu yerning aholisi juda kam. Odamlar esa juda yaxshi. Bir-birimizni […]
Obama talabalar uchun qarz to’lash imkoniyatini yengillashtirdi
AQSh prezidenti Barak Obama ta’lim krediti olgan talabalarning qarzlarini to’lashni osonlashtirish maqsadida qabul qilingan qonun doirasini kengaytirdi. “Topganingga yarasha to’la” deb nomlanuvchi va 2010-yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, o’qishni qarz bilan bitirgan talabalarning qarzlarni uzishga qaratilgan oylik to’lovi 10 foizdan oshmasligi kerak. Ushbu qoida 2007-yil oktabrdan keyin kredit olgan talabalargagina amal qilar edi. Obamaning yangi […]
Xitoyliklar dunyoning eng tirishqoq talabalari deb topildi
Dunyoning eng tirishqoq va qobiliyatli talabalari qayerda ekanini bilasizmi? Ular Amerikada emas. Yevropada ham emas. Xalqaro talabalarni baholash dasturi bo’yicha yaqinda olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, dunyoning eng aqlli talabalari Xitoyning Shanxay shahridan ekan. Matematika, o’qish va aniq fanlar bo’yicha o’tkazilgan imtihonlarda shanxaylik talabalar dunyoning 65 davlati talabalari orasida eng yuqori baho to’plagan. Ular hatto […]
Hukumatning ishdan to’xtashi ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko’rsatdi?
Hukumatning ishdan to’xtashi nima degani? Avvalo, sarlavhaga tushuntirish bersak. Hukumatning ishdan to’xtashi nima degani? Shu yilning 1-oktabridan 15-oktabrigacha, demak, qariyb ikki haftadan ziyod AQSh federal hukumati byudjetining qabul qilinmasligi oqibatida ishlamadi. Kongressning Vakillar palatasida Respublikachilar partiyasi vakillari ko’p bo’lgani bois, davlat byudjetini qabul qilish bo’yicha ular prezident Barak Obama boshliq demokratlar bilan kelisha olmadi. Kelishmovchilikning […]
Talabalar uchun foydali manbalar
Bugun biz AQShda o’qish niyatida bo’lgan talabalar yoki bo’lajak talabalar uchun bir necha qiziqarli maqolalar ro’yxatini taqdim etmoqchimiz. Bu nafaqat AQShda endi o’qimoqchi bo’lgan xorijliklar, balki allaqachon bu yerda tahsil olayotganlar uchun ham foydalidir. AQShning bir qator nufuzli axborot nashrlarida chop etilgan maqolalardan jamlangan ushbu ro’yxatda siz o’qishga kirish uchun insho yozish, professorlar bilan aloqa […]
“EducationUSA” maslahat markazini bilasizmi?
Qo‘shma Shtatlarda ta’lim olish haqida maslahat va ma’lumot beruvchi manbalar ko’p. Interneta bu haqda ko’plab ma’lumotlar topishingiz mumkin. Ayni shu maqsadga xizmat qiladigan foydali resurslar bilan to’la ta’lim markazini O’zbekistondan ham topishingiz mumkin. Toshkentdagi AQSh elchixonasining “EducationUSA” maslahat markazi AQSh kollej va universitetlarida o‘qish uchun hujjat topshirish bilan bog‘liq aniq, keng qamrovli va kundalik ma’lumotlarni […]
Talabalar uchun o’qish yanada qimmatlashdi
Davlatdan o’qish uchun qarzga kredit oladigan talabalar shu yil kuzdan boshlab ikki baravar ko’proq foiz to’laydigan bo’lyapti. Chunki davlat kreditlari uchun foiz darajasini past saqlab kelgan qonun 1-iyul kuni o’z kuchini yo’qotdi. 3.4 foizli Stafford krediti uchun to’lov foizlari dushanbadan boshlab avtomatik tarzda 6.8 foizga chiqdi. Foizning oshishini ko’pchilik Kongressning harakatsizligiga bog’lamoqda. Chunki foizlarni past […]