Qishloq xo’jaligi sohasi vakillari uchun AQShda malaka oshirish imkoniyati

Posted July 22nd, 2015 at 3:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

http://grantlar.uz/wp-content/uploads/2015/07/Agriculture-099-640x300@2x.jpgAQSh Qishloq Xo’jaligi Departamenti va Kochran dasturi katta va o’rta darajadagi qishloq xo’jaligi va uni boshqarish sohasi professionallari uchun AQShda qisqa muddatli (2-3 haftalik) trening dasturini ochiq deb e’lon qiladi.

Dasturning maqsadi O’zbekistonda mahalliy aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun kerak bo’lgan qishloq xo’jaligi tizimini rivojlantirish hamda boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini kuchaytirishga yordam berishdan iborat.

Dastur 2016-yilda bo’lib o’tadi. Aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. Dasturning 2016-yilgi mavzusi “Hosildan keyingi qishloq xo’jaligi”.

Dastur agrobiznes, qishloq xo’jaligiga aloqador davlat organlari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlari xodimlari, shu soha bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun ochiq. Arizachilar qishloq xo’jaligi sohasida boshqaruvchi, texnik xodim, tadqiqotchi, professor, administrator yoki soha siyosatini ishlab chiquvchilar bo’lishi mumkin. Read the rest of this entry »

Jurnalistlar uchun Daniel Pearl Stipendiya dasturi

Posted June 11th, 2015 at 1:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

Jurnalistlar uchun Daniel Pearl Stipendiya dasturi

Daniel Pearl Stipendiya dasturi Daniel Pearl Jamg’armasi va Press Partners tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo’lib,  musulmonlar ko’pchilik bo’lgan davlatlardan bo’lgan professional jurnalistlar uchun kasbiy malaka oshirish amaliyotini taklif qiladi.

Dastur mart oyida boshlanib, ikki hafta AQSh poytaxti Vashington shahrida professional va shaxsiy malakani oshirishga bag’ishlangan treninglar tashkil etiladi. Dastur o’rtalarida esa jurnalistlar  yozish, tahrir qilish, multimediya reportajlarini tayyorlash va jurnalistik tekshiruv o’tkazish sir-asrorlarini o’rganadi. Dastur davomida ishtirokchilar bir hafta Los-Anjelesdagi tahririyatlarda hamkasblarining ishlari bilan tanishadi.

Dasturning maqsadlari:

  • Jurnalistlarning kasbiy va shaxsiy malakasini oshirish;
  • Jurnalistlarga sohadagi texnologiyaning yangi imkoniyatlarini tanishtirish;
  • Amerika jamiyati va matbuoti hamda ularning ishlash tartibini tanishtirish;
  • Dasturda egallangan bilimni boshqa jurnalistlarga ham yetqazish;
  • Va boshqalar. Read the rest of this entry »

Fulbrayt chet tili o’qituvchi assistenti dasturi

Posted May 19th, 2015 at 10:24 pm (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt chet tili o’qituvchi assistenti dasturi

Fulbrayt Chet Tili O‘qituvchi Assistenti (ChTO‘A) dasturi granti bir akademik yilga berilib, asosan avgust oyida boshlanib may oyigacha davom etadi. ChTO‘A ilmiy daraja BERILMAYDIGAN dastur bo‘lib, asosiy maqsadi AQSh kollejlari va universitetlarida chet tilidan dars berishni takomillashtirish, shu qatorda ingliz tili o‘qituvchilari yoki bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning mahoratlarini takomillashtirish, ingliz tili bilimlarini oshirish hamda AQSh jamiyati va madaniyati to‘g‘risidagi tushunchalarini kengaytirishdir. ChTO‘A ishtirokchilari AQShdagi mezbon jamiyatlar bilan o‘zaro suhbatlarda, o‘quv dasturidan tashqari tadbirlarda va jamoa bilan bog‘liq ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qiladilar. ChTO‘A ishtirokchilari ikki horijiy til bo‘yicha kurslarda ta’lim berishlari yoki yordam berishlari mumkin. Ishtirokchilar bir semestr davomida kamida ikki kurs o‘qishlari kerak, shundan bittasi amerikashunoslik fanlaridan bo‘lishi shart. Qolgan kurs ishlari ingliz tilidan dars berish faoliyatiga aloqador bo‘lishi lozim. ChTO‘A ishtirokchilarining madaniy tadbirlar o‘tkazishi, tilshunoslikka oid klublar va uchrashuvlar tashkil etishi ham ko‘zda tutilgan. Read the rest of this entry »

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Posted March 17th, 2015 at 6:39 am (UTC-5)
1 comment

fulbright-pin-logoFulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi.

Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi:

  • Biznes boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot;
  • Ta’lim (Maorif);
  • Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
  • Xalqaro munosabatlar;
  • Jurnalistika va Kommunikatsiya;
  • Huquqshunoslik;
  • Kutubxonachilik va Axborot fanlari;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Ommaviy sog’liqni saqlash;
  • Davlat siyosati.

Read the rest of this entry »

O’zbek tilida grantlar sayti

Posted February 7th, 2015 at 2:04 pm (UTC-5)
2 comments

10548331_1556453634597411_6358913284583580705_o

© Grantlar.uz

Xorijda tahsil olishni istovchi o’zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o’zbek tilida Grantlar.uz nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo’ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi.

Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o’rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o’qish topish, hujjatlarni tayyorlash va topshirish, grantlar topish va ularga hujjat topshirish hamda tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida maslahat berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Saytga allaqachon bakalavr, magistratura va doktorantura hamda boshqa yo’nalish va darajadagi o’qishlar uchun ko’plab grantlar qo’yilgan.Konferensiyalar, ish, amaliyot va blog sahifalaridan ham bir qator maqolalar o’rin olganini ko’rish mumkin.

Loyihaning muhim jihati shundaki, undagi ma’lumotlarning barchasi o’zbek tilida bo’lib, maqolalar so’ngida ingliz yoki boshqa chet tilidagi asl manbaga – grantlarni e’lon qilgan saytlarga havolalar berilgan. Ushbu havolalar orqali kirib, o’quvchilar qo’yilgan grantlar va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Read the rest of this entry »

AQSh Davlat departamenti ingliz tilidan onlayn dars taqdim etadi

Posted December 26th, 2014 at 1:30 pm (UTC-5)
Leave a comment

http://photos.state.gov/libraries/indonesia/502679/relo/relo-iLearn_500.jpgAQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniy masalalar byurosi Oregon universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari yoki kelajakda shu sohada ishlamoqchi bo’lganlar uchun onlayn dars taqdim etmoqda. Kurs “Ingliz tilini o’qitish uslublarimizni shakllantirish bo’yicha keng qamrovli ochiq onlayn kurs” (Shaping the Way We Teach English Massive Open Online Course (MOOC) deya nomlanib, “Coursera” onlayn ta’lim sayti orqali amalga oshiriladi.

Kursning birinchi qismi 5-yanvar kuni boshlanadi. Unda ishtirok etish bepul.

Kurs kimlar uchun?

Kursga ingliz tilini chet tilini sifatida o’qituvchi mutaxassislar yoki kelajakda shu sohada ishlashni xohlovchi har qanday odam yozilishi mumkin. Dars davomida ingliz tilini o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiya va ko’nikmalar beriladi. Ishtirokchilar ingliz tilini yaxshi bilishi, dars mazmunini mustaqil o’zlashtira olish salohiyatiga ega bo’lishi va internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Onlayn dars audio va videomateriallar hamda o’zaro suhbat va bahs-munozara orqali olib boriladi. Kursda qatnashish uchun har hafta 4-6 soat vaqt ajratish talab qilinadi. Read the rest of this entry »

AQSh iqtisodiyoti xalqaro talabalardan qancha foyda ko’radi?

Posted December 3rd, 2014 at 10:41 am (UTC-5)
Leave a comment

Photo SUNY Canton

Photo SUNY Canton

AQSh universitetlarida bir millionga yaqin xalqaro talaba ta’lim oladi. Ularning yarmi Osiyodan, asosan, Xitoydan. Dunyoda eng ko’p xorijlik talabalarga ega universitetlari bilan taniqli Amerika hali-veri bu mavqeni qo’ldan boy beradigan emas.

Xalqaro ta’lim instituti chiqargan ma’lumotga ko’ra, 2013-2014-o’quv yilida AQSh oliy o’quv yurtlarida 886 ming xorijlik talaba tahsil boshlagan. Bu o’tgan yilga qaraganda 8 foizga ko’p. O’n yil oldingi ko’rsatkichdan esa ikki barobar ortiq. Bu raqam, asosan, Xitoydan kelayotgan talabalar hisobiga oshmoqda.

“AQShdagi sinfxonalarda bahslarga, erkin fikr bildirishga, xususan, o’qituvchi-professorlar bilan fikr almashishga alohida e’tibor qaratiladi. Menga shunisi yoqadi”, – deydi Kolumbiya universitetida o’quvchi xitoylik talaba.

Xitoylik talabalar soni keskin oshib borishi bilan birga, Quvayt, Braziliya, Saudiya Arabistoni va hatto Erondan ham ko’plab tolibi ilmlar kelmoqda. AQSh oliy o’quv yurtlaridagi talabalarning 4 foizdan ortig’i xorijliklardir. Ta’lim sohasi vakillari buning Amerika uchun ham foydali ekanini ta’kidlaydi.

“Xalqaro talabalar AQSh sinfxonalariga o’zlarining global qarashlari bilan ijobiy hissa qo’shadi. Chet elda o’qish imkoniga ega bo’lmagan AQShliklar ham ularning xalqaro tajribalaridan bahra oladi”, – deydi Xalqaro ta’lim instituti xodimi Rajika Bandari.

Xorijlik talabalar AQSh iqtisodiyoti uchun ham foydali.

“Shtatlar va mamlakat miqyosida bu yil o’qish, yashash va boshqa xarajatlar uchun ular sarflagan mablag’ 27 milliard dollarni tashkil etdi”, – deydi AQSh Ta’lim vaziri o’rinbosari Evan Rayn. Read the rest of this entry »

Merilend maktablarida diniy bayram nomlari o’quv taqvimidan olib tashlandi

Posted November 13th, 2014 at 4:50 pm (UTC-5)
Leave a comment

http://www.spart1.org/files/page/608/calendar%20picture.jpgMerilend shtatining Montgomeri okrugi ta’lim boshqarmasi o’quv kalendaridan nasoro va yahudiy bayramlariga atab qo’yilgan nomlarni olib tashlashga qaror qildi. Musulmonlar hayit bayramlarini ham taqvimga kiritishni talab qilgach, ta’lim kengashi barcha diniy mazmundagi bayram nomlarini ro’yxatdan olib tashlashni ma’qul topgan.

Nomlar taqvimdan olib tashlangan bo’lsa ham, bu kunlar maktablarda dars bo’lmaydi.

Kengash qarori faqat 2015-2016-o’quv yillari uchun amal qiladi va uning federal bayramlarga aloqasi yo’q.

O’tgan yili Amerika Islomiy aloqalar kengashining Merilend bo’limi Ramazon va Qurbon hayitlarini maktablar yopiq bo’ladigan bayramlar qatoriga kiritishni talab qilib chiqqan, ammo ta’lim boshqarmasi bu murojaatni inobatga olmagan edi.

Boshqarmaga ko’ra, bu kunlar darslarga kelmaydigan o’quvchilar soni yuqori emas va shuning uchun rasman maktablarni yopishga hojat yo’q. Read the rest of this entry »

Rossiya “FLEX” dasturidan chiqqanini ma’lum qildi

Posted October 9th, 2014 at 8:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

https://americancouncilsforinternationaleducation.files.wordpress.com/2013/05/flex-logo-white-on-blue-no-years-no-number.pngRossiya hukumati AQSh hukumati tomonidan moliyalanadigan va yuqori sinf o’quvchilariga AQShda bir yil o’qish imkoniyatini beruvchi “FLEX” dasturi doirasida o’z fuqarolarini AQShga ortiq yubormasligini ma’lum qildi. Bunga, matbuot xabarlariga ko’ra, rus o’quvchilaridan birining AQShdan siyosiy boshpana so’ragani sabab bo’lgan.

Har yili Rossiyadan AQShga joriy dastur doirasida 240 atrofida o’quvchi kelardi. Bundan buyon Rossiyaga beriladigan o’rinlarning aksariyati Ukrainaga beriladi. Qolganlari esa Gruziya, Moldova va Armaniston o’rtasida bo’linadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Viktoriya Nuland Ukraina safari davomida ma’lum qildi.

Rus matbuoti xabarlariga ko’ra, rossiyalik 16 yoshli o’quvchi gomoseksual bo’lgani uchun Rossiyaga qaytib borsa, tazyiqqa uchrashini da’vo qilib, AQShdan siyosiy boshpana so’ragan. Uning AQShdagi cherkovlardan birida besoqolboz juftlik bilan tanishgani va ular taklifi va yordami bilan shu ishga qo’l urgani aytilmoqda.

Kreml yosh bola bilan yuzaga chiqqan bu mojaroni AQSh va Rossiya o’rtasidagi ta’lim almashinuviga oid mavjud kelishuv shartlariga zid ekanini aytib, o’quvchini zudlik bilan Rossiyaga qaytarishni so’ragan. AQSh esa o’smirning siyosiy boshpana so’rashga haqli ekanini aytmoqda. O’quvchining ishi bo’yicha hali sud qarori chiqmagan.

“FLEX” dasturi 21 yildan beri amalda bo’lib, har yili sobiq Sovet respublikalaridan mingga yaqin yuqori sinf o’quvchilarini ta’lim almashinuvi doirasida AQShga olib keladi. Shu paytgacha Rossiyadan 8000 dan ortiq o’quvchi shu dastur doirasida AQShga kelib o’qib ketgan. Dastur juda raqobatli bo’lib, har yili minga yaqin o’rin uchun 40 mingdan ortiq odam hujjat topshiradi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston ham bir necha yil oldin “FLEX” dasturida ishtirok etishni to’xtatgan edi.

Xitoylik talabalar AQSh maktablarida ham ko’paymoqda.

Posted October 8th, 2014 at 10:58 am (UTC-5)
Leave a comment

FILE - 16-year-old Zhang Kaisheng smiles near Chinese and U.S. national flags at the lobby of Focus Education, a tutoring and consulting agency in Beijing.

Amerika maktablarining yuqori sinf o’quvchilari orasida xitoyliklar tez-tez ko’zga tashlanadi. Chunki boyib borayotgan xitoylik oilalar uchun farzandini AQSh maktablariga yuborish an’anaga aylanib bormoqda.

Greys Lyu 17 yoshda. U Xitoy sharqidagi 14 million kishilik Tianjin shahrida ulg’aygan. Hozir esa AQSh janubidagi bir maktabda yuqori sinf o’quvchisi.

“Bu yerning aholisi juda kam. Odamlar esa juda yaxshi. Bir-birimizni tanimasak ham, salomlashamiz. Odamlar yordam berishga tayyor, atrof-muhit ham ajoyib”, – deydi u.

Greys Jorjiya shtatidagi Rabun Gep nomli shaharchada kichik bir xususiy maktabda o’qiydi. U Amerikada ta’lim oluvchi 30 mingdan ortiq xitoylik o’quvchilardan biri. Aksariyati bu yerda o’qish uchun 50 ming dollargacha to’laydi.

Rabun Gep maktabi direktori Antoni Sigroning aytishicha, bu yerda o’qish uchun hujjat topshirayotgan xitoyliklar soni yildan yilga oshib bormoqda.

“Bizda har doim xalqaro o’quvchilar bo’lgan. Lekin 80-yillargacha xitoyliklar bo’lmagan. O’tgan 15 yil ichida ularning soni oshib ketdi”, – deydi u.

Read the rest of this entry »

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.