AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2015-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi:
- Adliya;
- Ta’lim;
- Kutubxonachilik;
- Jurnalistika;
- Siyosatshunoslik;
- Biznes;
- Moliya;
- Jamiyatshunoslik;
- Atrof-muhitni o‘rganish;
- Madaniyat va san’at.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi saytida yozilishicha, ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va boshqa xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilikni kuchaytirish, shu tariqa Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona, samimiy va tinch munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
“Fulbrayt” stipendiyasini qo’lga kiritgan olim va professionallar AQShda to‘rt oydan 10 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot olib borish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.