Showing Archived Posts

Diqqat, yangilik: “Amerika Ovozi” bepul ingliz tili darslarini taqdim etadi

Posted July 1st, 2012 at 10:57 pm (UTC-5)
1 comment

Oldingi maqolalarimizdan birida internet orqali ingliz tilini bepul o’rgatuvchi bir necha sayt haqida xabar bergan edik. Bugun sizga bermoqchi bo’lgan ma’lumotimizni ham shu mavzuning davomi deyish mumkin. “Amerika Ovozi” axborot xizmati saytida ingliz tilini o’rgatuvchi bo’lim tashkil etildi. Bo’limning ahamiyatli tomoni shundaki, u mutlaqo bepul va aynan o’zbekistonlik talabalar uchun mo’ljallangan. Ingliz tili darslari bo’limidan […]

Tags: , Posted in Ta'lim

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.