Showing Archived Posts

“Fulbright” granti magistratura uchun arizalarni qabul qilmoqda

Posted May 19th, 2014 at 12:40 am (UTC-5)
Leave a comment

Fulbrayt xorijiy talaba dasturi (Fulbright Foreign Student Program) ikki yilgacha bo’lgan magistrlik darajasi uchun 2015-2016-o’quv yiliga ishtirokchilardan arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, AQSh universitetlaridan biriga qabul qilingan talabalar ikki yilgacha AQShda o’qish imkoniyatini qo’lga kiritadi. O’qish, yashash va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar AQSh hukumatining Ta’lim va madaniyat ishlari  byurosi tomonidan ta’minlanadi. […]

San’at vakillari uchun AQShga kelish imkoniyati

Posted November 17th, 2013 at 8:28 pm (UTC-5)
Leave a comment

Teatr, rassomchilik, raqs, haykaltaroshlik kabi san’at sohalaridan birida faoliyat yuritasizmi? Balki shunday san’atlar bilan bog’liq loyihalarni boshqararsiz? Unda siz AQShga grant orqali kelib, o’z san’atingizni namoyish etish imkoniyatiga egasiz. Ushbu dasturda ishtirok etishning shartlari quyidagicha: Avvalo, sizning AQShga kelib amalga oshirmoqchi bo’lgan san’at loyihangiz notijoriy maqsadda bo’lishi mumkin. Masalan, siz AQSh maktablari bo’ylab o’quvchilarga o’z […]

“Osiyo-Tinch okeani yetakchilik dasturi”ga qabul boshlandi

Posted November 10th, 2013 at 11:11 am (UTC-5)
Leave a comment

“Osiyo-Tinch okeani yetakchilik dasturi”ning 2014-o’quv yili uchun qabul boshlandi. Bu dastur dunyoning turli burchagidan kelgan professional mutaxassislarga AQShda bir yil davomida (buning kamida yarmi Gavayida o’tadi) yuqori darajada malaka oshirish va tajriba orttirish imkonini beradi. Yetakchilik, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlik o’rnatilishiga qaratilgan ish va dasturlarga qiziquvchi har qanday odam, jinsi, fuqaroligi […]

Tags: Posted in Ta'lim grantlari

O’qish bepul bo’lgan kollejlar

Posted September 26th, 2013 at 8:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

Oliy ta’lim olish juda qimmat bo’lgan AQShdek davlatda ham hanuz o’qish bepul bo’lgan kollejlar bor ekan. Ularning aksariyati kichik ta’lim muassasalari bo’lib, bepul ta’lim evaziga talabalardan haftasiga bir necha soat ishlab berishni talab etadi. Ayni paytda yotoq va yashash xarajatlarini talabalarning o’zlari ko’tarishi kerak. Lekin ayrimlarida yashash xarajatlari ham o’qish tomonidan qoplanadi. Navbatdagi maqolamizda ana […]

Suriyalik talabalar uchun maxsus grant tashkil etildi

Posted September 19th, 2013 at 8:29 pm (UTC-5)
Leave a comment

  Suriyada fuqarolar urushi davom etayotganiga qaramay, yoshlar orasida chet elga chiqish uchun urinayotganlar soni ko’p. Ayni shu maqsadda urushdan aziyat chekayotgan bu yoshlarga yordam berish uchun maxsus grant dasturi tashkil etildi. Xorijdagi suriyaliklarning “Jusur” nomli tashkioti tomonidan yo’lga qo’yilgan bu dasturga minglab suriyaliklar hujjat topshirgan. “Bular katta tashvishni boshidan kechirayotgan talabalar, – deydi tashkilot […]

AQShning eng arzon va eng qimmat kollejlari

Posted September 5th, 2013 at 9:02 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQSh Ta’lim departamenti yaqinda yana bir ajoyib saytni ishga tushirdi: College Affordability and Transparency Center. Bu sayt orqali siz AQShda bakalavr darajasi bo’yicha oliy o’quv yurtlarida o’qishning bir yilda bir talaba uchun qanchaga tushishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Saytdan foydalanish juda oson. Bosh sahifaning o’zidan turib, siz eng arzon yoki eng qimmat kollejlar ro’yxatini ko’rishingiz […]

“Fulbrayt” olimlar va tajribali mutaxassislarni AQShda tadqiqot o’tkazishga taklif etadi

Posted August 21st, 2013 at 2:54 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShning “Tashrif buyuruvchi olimlar uchun Fulbrayt dasturi” (Fulbright Visiting Scholar Program) 2014-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi. Ushbu dasturda imiy darajaga ega bo’lgan kollej va universitet o’qituvchilari yoki kamida 15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. “Fulbrayt” har yili quyidagi yo’nalishlar bo’yicha grantlar ajratadi: Huquq; Ta’lim; Kutubxonachilik; Jurnalistika; Siyosatshunoslik; Biznes; Moliya; Jamiyatshunoslik; Atrof-muhitni […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

Garvardda bepul o’qishni istaysizmi?

Posted December 17th, 2012 at 4:30 pm (UTC-5)
3 comments

Garvard universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Berklidagi Kaliforniya universiteti – bular nafaqat AQShning, balki butun dunyoning eng zo’r universitetlari hisoblanadi. Bu yerda o’qish ko’pchilik uchun ushalmas orzu. Ayni paytda, o’qish sarf-xarajatlarini hammaning ham cho’ntagi ko’taravermaydi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu oliygohlar bugun butun dunyodagi talabalar uchun bepul kurslar taqdim etmoqda. Qanday qilib deysizmi? Unda, davomini o’qing. […]

AQShda talabalar qarzi oshib bormoqda

Posted October 30th, 2012 at 2:51 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’tgan yili AQShda bakalavrlik darajasiga ega bo’lgan talabalarning uchdan ikki qismi o’qishni qarz bilan tamomlagan. Talabalar qarzi o’rtacha $26,500 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bir yil oldingi ko’rsatkichdan besh foiz yuqoridir. Bu haqda “Kollejda o’qish va muvaffaqiyat qozonish instituti” (Institute for College Access and Success) hisobotida ma’lumot berilgan. O’qish uchun olingan qarzlarning beshdan bir qismi […]

AQShda ta’lim: Grantlarni qanday topish mumkin? (Uchinchi maqola)

Posted July 22nd, 2012 at 2:44 pm (UTC-5)
4 comments

Birinchi maqola: Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz! Ikkinchi maqola: AQShda ta’lim: Qayerda va nima o’qimoqchisiz? Facebookdagi sahifamizda muxlislarimizdan tushayotgan savollarning asosiy qismi grantlarni qanday topish haqida bo’lyapti. Bugungi maqolani AQSh Oliy o’quv yurtlariga hujjatlarni qanday topshirish mavzusiga bag’ishlamoqchi edim. Ammo bizga kelib tushayotgan savollarni inobatga olib, AQShda o’qish va  yashash uchun grantlarni qanday […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.