“Education Abroad 2011” Toshkentda!

Xorjda o’qish ishtiyoqida yonayotgan hamyurtlarimiz diqqatiga! AQSh, Angliya, Kanada, Avstraliya, Singapur, Chex Respublikasi yoki Rossiya dan birida o’qish niyatingiz bo’lsa, bu o’lkalar oliy o’quv yurtlari va ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish uchun yana bir yaxshi imkoniyat. Amerika elchixonasi qoshidagi Ta’lim bo’yicha maslahat markazi (The Educational Advising Center (EAC)) Toshkentda navbatdagi xalqaro ta’lim ko’rgazmasini tashkil etmoqda. […]

Moliyaviy inqiroz AQSh ta’lim tizimi uchun qanchaga tushdi?

2008-yil AQShda boshlanib, so’ng butun dunyoni o’z domiga tortgan moliyaviy inqiroz bugun o’z nihoyasiga yetgani haqida aytilayotgan bo’lsa-da, ammo uning uzoq muddatli asoratlari hanuz mavjud va ulardan osonlikcha qutulishning iloji ham yo’q. AQShda ushbu inqirozdan aziyat chekmagan sohaning o’zi qolmadi. Ishsizlik 10 foizgacha chiqib, 1982-yilgi rekord darajaga yetib qoldi. Nafaqat xususiy sektor, balki davlat qaramog’idagi […]

“Facebook”da talabalar uchun foydali sahifalar

“Facebook” olamida faqat do’st orttiribgina qolmasdan, balki turli maqsad va qiziqishlarga xizmat qiluvchi rang-barang sahifa, guruh yoki tashkilot sahifalarini ham topishingiz mumkin. Bu maqolada sizlarga AQShda o’qishni istovchi talabalar uchun foydali ma’lumotlar berib boruvchi bir necha “Facebook” sahifasi haqida ma’lumot bermoqchimiz. Ushbu sahifalarga “Like” qilish orqali obuna bo’lsangiz, ular qo’yayotgan foydali ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyatiga […]

Xubert Xamfri Dasturi – o’zbekistonlik professionallar uchun

Davlat idorasida yoki jamoatchilik ishlariga aloqador tashkilotda ishlaysizmi? Ingliz tilini bilasizmi? AQShda o’z sohangiz bo’yicha bir yil malaka oshirib qaytishni istaysizmi? Unda quyida ta’rifi keltirilayotgan ta’lim dasturi aynan siz uchun. Ushbu imkoniyatni qo’ldan boy bermang. Hujjatlar 23-maygacha qabul qilinadi. AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xubert Xamfri bir yillik, to‘liq grant bilan ta’minlovchi dastur bo‘lib, u o‘rta […]

Toshkentda Xalqaro Ta’lim ko’rgazmasi

12-aprel kuni Toshkent Xalqaro Maktabida (Tashkent International School) chet el oliy o’quv yurtlarining ta’lim ko’rgazmasi tashkil etilmoqda. Unda AQSh, Yevropa, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kanadadan bir qator nufuzli universitetlar ishtirok etadi. Tadbir 12:30 da boshlanib, 14:30 gacha davom etadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish shart emas, ammo o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni olib borishingiz […]

Diqqat, tanlov: Magistratura va Aspirantura (PhD) bo’yicha o’qish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda

AQShda o’qish uchun ko’plab hukumat grantlari borligi haqida oldingi maqolamizda xabar bergan edik. Bungun biz ayni shu dasturlar orasidan hozirda hujjat qabul qilayotgan, ya’ni yangi o’quv yili uhun tanlovni boshlagan bir necha dastur haqida ma’lumot bermoqchimiz. “Fulbrayt” ta’lim dasturi haqida ko’pchiligimiz eshitganmiz. Ushbu dastur doirasida bir-biridan mustaqil bir necha ta’lim grantlari mavjud bo’lib, hozirda ularning […]

“Scholarship” kerakmi?

© Photos.com AQShda talaba hamyurtlarimizning aksariyati “scholarship”, ya’ni grantlar asosida o’qiydi. Chunki bu mamlakatda ta’lim olish qimmat. Ham yashash, ham o’qish uchun pul to’lashga ko’p o’zbek oilalarining qurbi yetmaydi. Shuning uchun AQShda o’qishni niyat qilganlar, albatta, grant topish payida bo’lishadi. Bu maqolada Amerika hukumatining O’zbekiston fuqarolari uchun e’lon qilgan ta’lim grantlari haqida ma’lumot bermoqchimiz. Bu […]

Amerikada o’qishni istaysizmi?

© Photos.com Amerikada o’qishni istamaydigan odamni topish qiyin. AQShning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ko’plab o’zbekistonlik vatandoshlarimiz tahsil olishadi. Ularning bu yerda o’qish imkoniyatiga qanday erishganlari haqida to’liq tushuncha hosil qilishimizdan oldin biroz lirik chekinish qilishimga ijozat bergaysiz. O’zbekistonda litseyda o’qib yurgan kezlarim matematika fanidan bir o’qituvchimiz bo’lardi. Juda qattiqqo’l, o’ziga to’q, litseyimizning eng obro’li o’qituvchilaridan edi. […]