AQSh Davlat departamenti ingliz tilidan onlayn dars taqdim etadi

AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniy masalalar byurosi Oregon universiteti bilan hamkorlikda ingliz tili o’qituvchilari yoki kelajakda shu sohada ishlamoqchi bo’lganlar uchun onlayn dars taqdim etmoqda. Kurs “Ingliz tilini o’qitish uslublarimizni shakllantirish bo’yicha keng qamrovli ochiq onlayn kurs” (Shaping the Way We Teach English Massive Open Online Course (MOOC) deya nomlanib, “Coursera” onlayn ta’lim sayti […]

Talabalar uchun foydali manbalar

Bugun biz AQShda o’qish niyatida bo’lgan talabalar yoki bo’lajak talabalar uchun bir necha qiziqarli maqolalar ro’yxatini taqdim etmoqchimiz. Bu nafaqat AQShda endi o’qimoqchi bo’lgan xorijliklar, balki allaqachon bu yerda tahsil olayotganlar uchun ham foydalidir. AQShning bir qator nufuzli axborot nashrlarida chop etilgan maqolalardan jamlangan ushbu ro’yxatda siz o’qishga kirish uchun insho yozish, professorlar bilan aloqa […]

O’yin o’ynab ingliz tilingizni yaxshilang!

AQSh Davlat Departamentining ingliz tilini o’rgatishga mo’ljallangan ajoyib bir loyihasi bor: American English. Bu yerda til o’rganuvchilar uchun turli foydali maslahatlar, darslar, videolar va boshqa yana ko’plab resurslar jamlangan. Yaqinda bu sayt yana bir ajoyib manba bilan boyidi: Ingliz tili o’rganuvchilari uchun “Trace Effects” (Samarasini izlab top) nomli maxsus o’yin yaratildi. Xo’sh, o’yin yaratilsa, nima […]

AQShda ta’lim: Hujjatlarni topshirish jarayoni (To’rtinchi maqola)

AQShda magistratura o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishga bag’ishlangan seriyali maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar universitetlarga hujjat tayyorlash va qabul jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida hikoya qilamiz. Qayerda o’qimoqchi ekaningizni bilasiz. Kamida uch-to’rtta universitetlarni ko’z oldingizga olib qo’ygansiz. Demak, endigi vazifa ushbu o’quv yurtlariga belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlarni topshirish. Avvalgi maqolada aytganimizdek, imkon qadar ko’proq universitetga […]

Diqqat, yangilik: “Amerika Ovozi” bepul ingliz tili darslarini taqdim etadi

Oldingi maqolalarimizdan birida internet orqali ingliz tilini bepul o’rgatuvchi bir necha sayt haqida xabar bergan edik. Bugun sizga bermoqchi bo’lgan ma’lumotimizni ham shu mavzuning davomi deyish mumkin. “Amerika Ovozi” axborot xizmati saytida ingliz tilini o’rgatuvchi bo’lim tashkil etildi. Bo’limning ahamiyatli tomoni shundaki, u mutlaqo bepul va aynan o’zbekistonlik talabalar uchun mo’ljallangan. Ingliz tili darslari bo’limidan […]

Ingliz tilini bepul o’rganishni istaysizmi?

Amerikaga kelib tahsil olishni istamaydigan talaba yo’q. AQShda tahsil olishning shartlaridan biri ingliz tilini bilish. Shuning uchun ham yurtimizda ingliz tilini o’rganish uchun zo’r berib harakat qiladigan yoshlar juda ko’p. Ingliz tilini o’rganish uchun ko’pchilik, odatda, til kurslariga qatnaydi. Obro’siga qarab, bunday kurslarda o’qish narxlari har xil. Eng arzonini ham oddiy talabaning cho’ntagi ko’tarishi qiyin. […]