Showing Archived Posts

Qaysi sohada o’qiganlar ko’p pul topadi?

Posted August 14th, 2013 at 10:04 pm (UTC-5)
Leave a comment

Maktabni bitirayotgan va kollejga o’qishga kirayotgan o’smirlar oldida turadigan muhim savollardan biri bu qaysi sohani tanlash haqida bo’lishi shubhasiz. Chunki kelajakda yaxshi karyera qilib, mo’may daromad topish va sifatli hayot kechirish – hammasi shunga bog’liq. Bugun Amerikada qaysi soha vakillari ko’p pul topyapti? Qaysi kollej, universitet yoki sohada o’qiyotgan talabalarining ish topishi osonroq? Bugungi maqolamizni […]

Tags: , , , Posted in Karyera

O’zbekistonlik talabalar diqqatiga: AQShda ishlashni xohlaysizmi?

Posted May 9th, 2011 at 12:07 pm (UTC-5)
1 comment

Xabaringiz bo’lsa, AQSh elchixonasi O’zbekistonda o’quvchi talabalar uchun yoz davomida Amerikada ishlash dasturini tashkil etgan. Bugungi maqolamizda shu dastur va unda ishtirok etish talablari haqida ma’lumot bermoqchimiz. Yozgi ish va sayohat dasturi (Summer Work and Travel – SWT) sizga yozgi ta’til davomida AQShda ishlab pul topish imkonini beradi. Unda ishtirok etish uchun O’zbekistondagi oliy o’quv […]

O’quv yili tugamoqda: Ish topdingizmi?

Posted May 2nd, 2011 at 1:44 pm (UTC-5)
Leave a comment

Dunyoning ko’plab o’lkalarida navbatdagi o’quv yili o’z poyoniga yetmoqda. Jumladan, AQShda ham. Universitetni bitirayotgan aksariyat yoshlar oldida kelajak mavhum. Chunki hozir mamlakatda ish topish har qachongidan ham qiyin. Iqtisod jiddiy tanazzulga yuz tutgan 2008-yildan beri ishsizlik darajasi 9 foizdan pastga tushmayapti. Bu 1980-yillar boshidagi rekord darajaga yaqin. “Amerika Ovozi” o’zbek xizmati bugun shu muammoni ko’tarib […]

Obama xalqaro talabalarning AQShda qolishini istaydimi?

Posted March 29th, 2011 at 12:01 pm (UTC-5)
Leave a comment

Yaqinda AQSh Kongressiga qilgan xitobida, AQSh prezidenti Barak Obama chet ellik talabalarni o’qishlari bitgandan so’ng o’z vatanlariga qaytarib yuborish haqidagi siyosatni notog’ri deya baholadi: “Bugun o’quv dargohlarimizda ilmlarini oshirayotgan Amerikalik bo’lmagan yuz minglab talabalar bor. Ularning ayrimlari hujjatsiz ishchilarning farzandlaridir, ular ota-onalarining qilgan ishlariga javobgar emaslar. Ular Amerikalik bo’lib voyaga yetgan, bizning bayrog’imizga sodiqlik ko’rsatadi, […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.