Showing Archived Posts

Obama bacha maktablarni tezkor internet bilan ta’minlashga va’da berdi

Posted June 11th, 2013 at 1:39 pm (UTC-5)
1 comment

AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Karolina shtatidagi maktablardan birini ko’zdan kechirar ekan, mamlakatdagi barcha maktablarni yuqori tezlikda ishlovchi “simsiz” internet bilan ta’minlash lozimligi haqida gapirdi. Bu haqda “Nyu-York Tayms” gazetasi xabar beradi. O’zida internetga asoslangan ta’lim dasturini yo’lga qo’ygan bu maktab erishgan yutuqlar AQSh davlat rahbarini xushnud etgan. Shundan so’ng u Federal Kommunikatsiya qo’mitasiga murojaat […]

Tags: , , Posted in Ta'lim

AQSh prezidentligiga nomzodlar: Ularning ta’lim bo’yicha fikrlari qanday?

Posted March 11th, 2012 at 9:58 am (UTC-5)
Leave a comment

AQSh prezidentligi uchun bu yilgi saylovda respublikachilardan amaldagi prezident Obamaga qarshi kimning nomzod bo’lishi hali ma’lum emas. Partiya doirasidagi saralash bahslari qizg’in pallaga kirgan. Poygada ishtirok etayotgan to’rt nomzod orasida hozircha Mit Romni oldinda bormoqda. Nomzodlarning saylov kampaniyasidan turli mavzular, masalalar o’rin olgan. Ular orasidan biz uchun qizig’i bu ta’lim. Prezidentlikka da’vogar shaxslar mamlakatdagi ta’lim […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.