Showing Archived Posts

Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz! (1-maqola)

Posted June 17th, 2012 at 11:56 pm (UTC-5)
81 comments

AQSh ta’lim sohasi, asosan, magistratura va undan yuqori bo’lgan darajadagi o’quv dasturlari bilan mashhur. Dunyoning eng kuchli universitetlari ro’yxatida peshqadamlikni boy bermay kelayotgan AQSh oliy o’quv yurtlari bu mavqega to’rt yillik kollej dasturlari bilan emas, balki, asosan, magistratura yoki aspirantura kabi tadqiqotga asoslangan o’quv dasturlari bilan erishgan. Kirish so’zini ko’p cho’zmasdan maqsadga o’tadigan bo’lsam, mana […]

“Muskie” uchun qabul boshlandi: AQShda magistratura o’qish uchun to’liq grant

Posted October 9th, 2011 at 4:18 pm (UTC-5)
2 comments

“Edmund Muskie” nomidagi magistratura darajasi uchun ajratiladigan stipendiyalar Dasturi 2012-o’quv yili uchun o’zbekistonliklardan hujjat qabul qilishni boshladi, deya xabar beradi AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi veb-sahifasi. Bu dastur AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Yevroosiyo mamlakatlari fuqarolariga AQShda magistratura yoki bir yillik professional ta’lim kursi uchun o’qish imkoniyatini beradi. Dasturda […]

Tags: , Posted in Ta'lim grantlari

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.