Showing Archived Posts

AQShda ta’lim: Hujjatlarni topshirish jarayoni (To’rtinchi maqola)

Posted August 3rd, 2012 at 3:12 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda magistratura o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishga bag’ishlangan seriyali maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar universitetlarga hujjat tayyorlash va qabul jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish sir-sinoatlari haqida hikoya qilamiz. Qayerda o’qimoqchi ekaningizni bilasiz. Kamida uch-to’rtta universitetlarni ko’z oldingizga olib qo’ygansiz. Demak, endigi vazifa ushbu o’quv yurtlariga belgilangan muddat ichida kerakli hujjatlarni topshirish. Avvalgi maqolada aytganimizdek, imkon qadar ko’proq universitetga […]

AQShning nufuzli universitetlari bepul ta’lim kurslarini taqdim etmoqda

Posted April 23rd, 2012 at 12:56 am (UTC-5)
1 comment

AQShning Stenford universiteti, Massachusets Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufuzli oliy o’quv yurtlari bepul “onlayn” kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig’i shundaki, ushbu kurslarda o’qish bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlar maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Internet orqali dars materiallarini bepul va erkin tarqatishga […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.