Obama talabalar uchun qarz to’lash imkoniyatini yengillashtirdi

AQSh prezidenti Barak Obama ta’lim krediti olgan talabalarning qarzlarini to’lashni osonlashtirish maqsadida qabul qilingan qonun doirasini kengaytirdi. “Topganingga yarasha to’la” deb nomlanuvchi va 2010-yilda qabul qilingan qonunga ko’ra, o’qishni qarz bilan bitirgan talabalarning qarzlarni uzishga qaratilgan oylik to’lovi 10 foizdan oshmasligi kerak. Ushbu qoida 2007-yil oktabrdan keyin kredit olgan talabalargagina amal qilar edi. Obamaning yangi […]

Talabalar uchun o’qish yanada qimmatlashdi

Davlatdan o’qish uchun qarzga kredit oladigan talabalar shu yil kuzdan boshlab ikki baravar ko’proq foiz to’laydigan bo’lyapti. Chunki davlat kreditlari uchun foiz darajasini past saqlab kelgan qonun 1-iyul kuni o’z kuchini yo’qotdi. 3.4 foizli Stafford krediti uchun to’lov foizlari dushanbadan boshlab avtomatik tarzda 6.8 foizga chiqdi. Foizning oshishini ko’pchilik Kongressning harakatsizligiga bog’lamoqda. Chunki foizlarni past […]

10 ming dollarga bakalavr diplomi

O’zbekistonda bakalavr diplomini qo’lga kiritish necha pul turadi? Savolni noto’g’ri tushunmang. Bu yerda men diplom sotib olish haqida emas, balki bakalavrlik darajasini olish uchun kerak bo’ladigan to’rt yillik o’qish xarajatlari haqida so’rayapman. Taxmin qilamiz. Yillik kontrakt to’lovi o’rtacha $1800. Kitob-qalam va boshqa o’qishga tegishli xarajatlar (O’zbekistonda talabalarning kitob sotib olishi kamyob hodisa bo’lsa ham) uchun […]

AQShda talabalar qarzi oshib bormoqda

O’tgan yili AQShda bakalavrlik darajasiga ega bo’lgan talabalarning uchdan ikki qismi o’qishni qarz bilan tamomlagan. Talabalar qarzi o’rtacha $26,500 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bir yil oldingi ko’rsatkichdan besh foiz yuqoridir. Bu haqda “Kollejda o’qish va muvaffaqiyat qozonish instituti” (Institute for College Access and Success) hisobotida ma’lumot berilgan. O’qish uchun olingan qarzlarning beshdan bir qismi […]

Talabalar saylov uchun qanchalik muhim?

O’tgan hafta prezident Barak Obama AQShning uch nufuzli universitetiga tashrif buyurdi. Tashriflar ish safari sifatida belgilangan bo’lsa ham, saylov arafasida prezident Shimoliy Karolina, Kolarado va Ayova shtatlaridagi yosh saylovchilar e’tiborini qozonishga urinmoqda. Chunki saylov taqdirini hal qilishda ushbu shtatlar muhim ahamiyatga ega. Talabalar bilan uchrashuvda Obama o’qish uchun davlatdan olinadigan qarzlarga to’lanadigan foiz miqdorlari kamaytirilishi […]