Showing Archived Posts

“Education Abroad 2011” Toshkentda!

Posted April 27th, 2011 at 11:49 pm (UTC-5)
Leave a comment

Xorjda o’qish ishtiyoqida yonayotgan hamyurtlarimiz diqqatiga! AQSh, Angliya, Kanada, Avstraliya, Singapur, Chex Respublikasi yoki Rossiya dan birida o’qish niyatingiz bo’lsa, bu o’lkalar oliy o’quv yurtlari va ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish uchun yana bir yaxshi imkoniyat. Amerika elchixonasi qoshidagi Ta’lim bo’yicha maslahat markazi (The Educational Advising Center (EAC)) Toshkentda navbatdagi xalqaro ta’lim ko’rgazmasini tashkil etmoqda. […]

Toshkentda Xalqaro Ta’lim ko’rgazmasi

Posted April 8th, 2011 at 6:40 am (UTC-5)
Leave a comment

12-aprel kuni Toshkent Xalqaro Maktabida (Tashkent International School) chet el oliy o’quv yurtlarining ta’lim ko’rgazmasi tashkil etilmoqda. Unda AQSh, Yevropa, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Kanadadan bir qator nufuzli universitetlar ishtirok etadi. Tadbir 12:30 da boshlanib, 14:30 gacha davom etadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish shart emas, ammo o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni olib borishingiz […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.