Showing Archived Posts

Obama xalqaro talabalarning AQShda qolishini istaydimi?

Posted March 29th, 2011 at 12:01 pm (UTC-5)
Leave a comment

Yaqinda AQSh Kongressiga qilgan xitobida, AQSh prezidenti Barak Obama chet ellik talabalarni o’qishlari bitgandan so’ng o’z vatanlariga qaytarib yuborish haqidagi siyosatni notog’ri deya baholadi: “Bugun o’quv dargohlarimizda ilmlarini oshirayotgan Amerikalik bo’lmagan yuz minglab talabalar bor. Ularning ayrimlari hujjatsiz ishchilarning farzandlaridir, ular ota-onalarining qilgan ishlariga javobgar emaslar. Ular Amerikalik bo’lib voyaga yetgan, bizning bayrog’imizga sodiqlik ko’rsatadi, […]

Amerikada o’qishni istaysizmi?

Posted March 14th, 2011 at 5:50 pm (UTC-5)
11 comments

© Photos.com Amerikada o’qishni istamaydigan odamni topish qiyin. AQShning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ko’plab o’zbekistonlik vatandoshlarimiz tahsil olishadi. Ularning bu yerda o’qish imkoniyatiga qanday erishganlari haqida to’liq tushuncha hosil qilishimizdan oldin biroz lirik chekinish qilishimga ijozat bergaysiz. O’zbekistonda litseyda o’qib yurgan kezlarim matematika fanidan bir o’qituvchimiz bo’lardi. Juda qattiqqo’l, o’ziga to’q, litseyimizning eng obro’li o’qituvchilaridan edi. […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.