Showing Archived Posts

O’qituvchilar diqqatiga: AQShda malaka oshirishni istaysizmi?

Posted February 14th, 2013 at 3:30 pm (UTC-5)
Leave a comment

O’zbekistonda o’qituvchimisiz? Ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan birini o’qitasizmi? Unda siz ikki oy muddatga AQShga kelib o’qib ketish imkoniyatiga egasiz. Shoshiling, bir oy vaqtingiz qoldi. Hujjatlarni topshirish muddati 18-mart, 2013-yil, 18:00. Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi (The Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) AQSh […]

Tags: Posted in Ta'lim grantlari

O’rta maktab o’qituvchilari AQShda malaka oshirishdi

Posted March 26th, 2012 at 11:31 pm (UTC-5)
Leave a comment

Kuni kecha AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat masalalari byurosi xorijlik 88 nafar o’rta maktab o’qituvchisiga AQShda malaka oshirganlik to’g’risidagi sertifikatlarni topshirdi. Ushbu o’qituvchilar dunyoning 29 mamlakatidan kelgan. Ular “Muallimlik fazilatlari va yutuqlari” (Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program) nomli dastur doirasida AQShning turli oliy o’quv yurtlarida olti hafta davomida malaka oshirdilar. “TEA” dasturi AQSh […]

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.