Showing Archived Posts

AQShning eng sevimli universitetlari

Posted January 8th, 2013 at 3:34 pm (UTC-5)
Leave a comment

AQShda eng ko’p abiturientni o’ziga jalb qiladigan universitetlarni, shartli ravishda, sevimli universitetlar deb atadik. Chunki odam faqat o’zi yoqtirgan joyda o’qishni istaydi. Shunday ekan, eng ko’p hujjat topshirilayotgan universitetni eng ko’p sevilgan oliy o’quv yurti deb atash mumkin. Bu universitetlarning nega buncha kop’ odamni o’ziga jalb qilishining sabablari turlicha. Lekin eng muhimi, albatta, o’qish sifati […]

Posted in Uncategorized

Garvardda bepul o’qishni istaysizmi?

Posted December 17th, 2012 at 4:30 pm (UTC-5)
3 comments

Garvard universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Berklidagi Kaliforniya universiteti – bular nafaqat AQShning, balki butun dunyoning eng zo’r universitetlari hisoblanadi. Bu yerda o’qish ko’pchilik uchun ushalmas orzu. Ayni paytda, o’qish sarf-xarajatlarini hammaning ham cho’ntagi ko’taravermaydi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu oliygohlar bugun butun dunyodagi talabalar uchun bepul kurslar taqdim etmoqda. Qanday qilib deysizmi? Unda, davomini o’qing. […]

Posted in Uncategorized

Dunyoning eng kuchli universitetlari ro’yxati e’lon qilindi

Posted September 12th, 2012 at 8:48 am (UTC-5)
Leave a comment

AQShdagi Massachusets Texnologiya instituti (MIT) “QS World University Rankings” tomonidan e’lon qilingan eng zo’r universitetlar ro’yxatida birinchi bor eng yuqori o’rindan joy oldi. MIT 2007-yilgi ro’yxatda 10-o’rinni egallagan edi. So’nggi ikki yilda birinchilikni egallab kelgan Angliyaning Kembrij universitetiga (University of Cambridge) bu yil ikkinchi, AQShning Garvard universitetiga (Harvard University) esa uchinchi o’rin berilgan. 2010-yilgacha ketma-ket […]

Posted in Uncategorized

AQShda ta’lim: Qayerda va nima o’qimoqchisiz? (2-maqola)

Posted July 10th, 2012 at 11:52 am (UTC-5)
12 comments

O’tgan maqolalarimizdan birida AQShda magistrlik darajasida o’qish uchun nimalar qilish va nimalarni bilish lozimligi haqida umumiy ma’lumot bergan edim (Qarang: Diqqat: AQShda o’qishni istovchilar uchun yordam beramiz!). Bugun ana shu mavzuni davom ettirib, AQShda tahsil olish uchun o’zingiz qiziqqan sohadagi o’quv dasturlarini va universitetlarni qanday topish mumkinligi haqida yozmoqchiman. Oldindan shuni aytib o’tish lozimki, ushbu […]

Posted in Uncategorized

Muallif haqida


Behzod AQShning Shimoliy Karolina universitetida jurnalistika bo'yicha tahsil olgan. Ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy mavzularda yuzlab maqolalari matbuotda e’lon qilingan. “Talabalar shaharchasi” sahifasining muallifi va bosh muharriri.

Talabalar shaharchasi haqida


Amerikada o'qishni xohlaysizmi? O'qish uchun grantlarni qanday topish yoki viza olish yo'l-yo'riqlari haqida ma'lumot qidirayotgandirsiz? Balki Amerikadagi vatandoshlarimiz hayoti, ular erishgan muvaffaqiyatlar haqida o'qishni istarsiz? Shu va yana boshqa ko'plab mavzular haqida "Amerika Ovozi" barcha sobiq, hozirgi va bo'lajak talabalarni Talabalar shaharchasiga muloqot uchun taklif etadi.
Talabalar shaharchasi - Sizning minbaringiz. Bu yerda Siz o'z tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rishingiz, ijodiy ishlaringiz va fikr-mulohazalaringiz bilan blogimizda muntazam ishtirok etishingiz mumkin. Ijodiy hamkorlik uchun uzbek@voanews.com elektron manzili orqali bizga bog'lanishingizni so'raymiz.

Bo’limlar

  • No categories