“Men o’z xalqimning o’g’liman.

Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa,

uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir.

 Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”.

Evril Turon

 

Yozuvchi Mamadali Mahmudov navqiron yoshda

Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti.

14 yillik qamoq jazosi haqidagi hukm o’zbekning fidoyi yozuvchisi va farzandi Evril Turonni  ham boshqa faollar qatori 1999-yildagi portlashlarda aybdor topgan edi.

Bu “jazo” Evril Turonni jamiyatdan ajrata olmadi. Joni xatarda turgan tutqundagi yozuvchining ovozi kutilmaganda ko’pchilikni hushyor torttirdi.

Mamadali Mahmudov birinchilardan bo’lib mamlakat qamoqxonalaridagi dahshatli qiynoqlar muammosini ko’tardi. Yozuvchining qamoqdan chiqarishga muvaffaq bo’lgan xatlari jamoatchilikni larzaga soldi.

U qamoqxona ichkarisidagi zulmatni yoritdi. Minglab vatandoshlar taqdiri, qiynoqlar tufayli o’layotgan odamlar, mamlakatdagi jazo mashinasi nimaga va qanday noinsoniy usullarga tayanib ishlayotganini fosh qildi.

Mamadali Mahmudov jazo mashinasi  qiynoqlarini o’z tanasidan o’tkazdi, tahqirga tutildi. Uning bu dahshatli kechmishlardan g’olib chiqishida yurti va xalqiga bo’lgan sadoqati, ishonchi ko’mak bo’lganiga shubha yo’q.

Zotan, Evril Turon maktublarida faqat hibsdagi qiynoqlar emas, ozodlikdagi vaziyat, turmush qiyinchiliklari ostida ezilgan vatandoshlari taqdiri ham aks etadi:

“Разве в нашей истории был рынок женщин-поденщиц?! Вы видели, как они ходили до такой степени нищие и голодные?! Или слышали об этом?! Когда в истории наши женщины, голодные, босые, в лютый мороз и паленую жару томились на рынках для поденщиков?! Они умоляли любого встречного “Есть ли работа?”?! Когда наши женщины вынуждены были продавать свое тело, чтобы прокормить своих детей, рыдающих: “Хлеб”?!”

Bu parcha  –  Mamadali Mahmudovning 2003-yilda  O’zbekiston prezidentiga yozgan ochiq xatidan. Matbuotda bu xatning ruscha varianti uchradi. Uni tarjima qilishga jur’at topmadim.

Qamoqxonadagi hayot, tinimsiz qiynoqlar ostida ham ijodga kuch topish Evril Turonni millat sha’ni va oriyati timsoliga aylantirgandek.

Evril Turonni ko’proq mamlakatdagi ijtimoiy vaziyat bezovta qiladi. Mahkumlikdagi yozuvchi xalq va hukumat o’rtasidagi jarlik gunohsiz qurbonlar hisobiga tobora kengayib borayotganini aytadi:

“В стране развито выбивание показаний путем пыток. От этого страдают бесчисленное число людей, сидя в тюрьмах, сидя десятками лет. Даже смертная казнь дается на основании выбитых показаний. “Во главе этих бесчинств стоит президент”, – открыто говорят заключенные, и я это не вымышляю, я пишу то, что вижу, то, что слышу. Вы думаете, что силовые структуры боятся Всевышнего? Нет! Они живут сытно и припеваючи. Именно они топчут закон и в гнусном виде показывают государство народу. По-моему, нужно предпринять срочные меры, чтобы исправить положение. Нужно провести реформы”. 

Мамадали МАХМУДОВ (Эврил ТУРОН), заключенный писатель, 4 апреля 2003 года, Чирчик

Manba: http://zonakz.net/articles/3275

O’zbekiston prezidenti nomiga 9 yil avval yozilgan bu maktubda aks etgan vaziyatga bugun ham biror o’zgarish kiritish qiyin. Albatta, qiynoqlarga qarshi faqat qog’ozda qolib ketgan milliy loyihani inobatga olmasak, deyarli hech narsa o’zgarmadi.  Buni qamoqda qolayotgan Mamadali Mahmudovning taqdiri ham isbotlab turibdi.

«Разве можно предотвратить появление различных экстремистских течений путем тюрем, пыток, убийств? Нет! Никогда! Наоборот, это усилит их появление. Против гнета всегда рождаются волны, сильнее гнeта”

Evril Turon 2003-yildagi xatida qamoqda roman boshlagani haqida yozgan edi. Xalqimiz tarixidagi dramatik davrlardan biri – arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirish tafsilotlari, bu davrdagi shaxslar haqidagi  asar taqdiri haqida men huquq himoyachisi A’zam Turg’unovdan ham eshitgan edim.

5 yillar avval o’tgan bu suhbatda A’zam Turg’unov yozuvchining Muqanna haqidagi asari jazoni o’tash boshqarmasi xodimlari tomonidan tortib olingani, bu qo’lyozmalar ustidan ekspertiza o’tkazish harakati ketayotgani haqida aytgan edi. Keyinchalik bu qo’lyozmalar yozuvchiga qaytarildimi yo’qmi, noma’lum.  500 betga yaqin qo’lyozmalarning “yo’qolib” qolgani ham ehtimoldan xoli emas.  Bu ishni oxirigacha o’rganish niyatida yurgan A’zam Turg’unovning o’zi  ham bugun panjara ortida. 

2013-yilda yozuvchiga belgilangan 14 yillik jazo muddati yakuniga yetadi.  O’zbekiston xalqi nomidan ish ko’ruvchi Oliy Majlis chiqargan umumiy avf – amnistiyada 60 yoshga to’lganlarni kechirish haqida band bor. Mamadali Mahmudov bu muborak yoshni ancha avval ortda qoldirgan, lekin amnistiyalar hamisha uni  chetlab o’tadi.

Mamadali Mahmudovning  Sovet davrida yozilgan quyidagi maqolasini o’qishni tavsiya qilardim:

Mamadali Mahmudov. O’zligingni unutma, elim! (1990)

Malik Mansur, Germaniya