Vatan Manzaralari

Mirabror Usmonovdan iste’fo talabi yoxud O’zbekiston futbolida kutilayotgan va kutilmayotgan islohotlar haqida

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmanov

O’zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmanov

Futbolchilarimizning oltinchi bor Olimpiada yo`llanmasini ko`kka sovurishgani nafaqat futbol nashrlarini, balki ijtimoiy tarmoqlarni ham larzaga keltirdi.

Muxlislar junbushda, rahbariyatdan iste`folar talab qilinmoqda. Bosh murabbiy Samvel Babayandan tortib, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi (O’FF) prezidenti Mirabror Usmonovgacha. Ularning sabr kosasi to`lib bo`lgandek.

Jurnalistlarning achchiq tanqidi, muxlislarning hadsiz g`azabi 20 yildan buyon Olimpiada yo`llanmasi uchun besamar kurashib kelayotgan o`zbek futbolidagi navbatdagi inqiroz bilan bog`liq.  (more…)

Tojikistonda o’zbeklar markazi besh yoshda!

So'g'd viloyati o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi nishoni

So’g’d viloyati o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi nishoni

Bundan besh yil oldin shimoliy Tojikiston  – So’g’d viloyat markazi, Xo’jand shahrida bir guruh  o’zbek ziyolilari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Yusupov rahbarligida So’g’d viloyat o’zbeklari ma’naviyat va ma’rifat markazini tashkil etgandi.

O’tgan besh yil mobaynida bu o’zbek markazi nafaqat viloyat, balki butun respublikadagi o’zbek ijodkorlarini atrofiga birlashtirib, mustaqil ravishda “Ma’naviyat” gazetasi va “Sharqnoma” jurnallarini ommaviy nashr etishga erishdi. Bugungi kunda gazeta 1000, jurnal esa 4000 nusxada chop etilmoqda. Uning sahifalarida Markaziy Osiyo davlatlarining tadqiqotchi olimlari, ijod ahli ham o’z ilmiy-ommabop maqolalari va adabiy ijodlari bilan qatnashmoqda.

Bu markaz Tojikistonda mustaqillikning ilk yillarida tashkil etilgan, millat  haq-huquqlari uchun kurashuvchi o’zbeklarning ikkinchi milliy tashkilotidir.  Uning yuridik qayddan o’tkazilgan ustavida tashkilot vazifalaridan biri “milliy  ozodlik va huquq himoyasi uchun o’zbek aholisini birlashtirish” deb yozib qo’yilgan.

O’tgan yillar davomida markaz Tojikistondagi ilmiy tashkilotlar, oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlari, maktablar, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirokida anjumanlar o’tkazdi, xorijiy davlatlardagi ma’naviyat va ma’rifat muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatdi.

Markaz faoliyati bilan Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Rossiya, O’zbekiston, Qozog’iston va qirg’izistonlik olimlar qiziqib, uning iba’zi tadbirlarida xorijdan mehmonlar ham ishtirok etgan va o’z navbatida  vatanlariga ham taklif etishgan. (more…)