DSC04633

Qadim shaharning qoq o’rtasida yastanib yotgan va asrlar davomida qadamjo sifatida xizmat qilayotgan tog’ cho’qqilari sayyoramizda sanoqli bo’lsa kerak. Ulardan biri – Qirg’izistonning O’sh shahridagi Sulaymon to’gi. Odamlar muqaddas hisoblab kelgan ushbu tabiat tuhfasini, shuningdek, Taxti Sulaymon, ungacha esa Borakuh, deb ham atashgan.

Hozirgi Sulaymon tog’i va uning ustiyu-atrofida joylashgan obidalar hamda turli madaniy majmualar davlat tarixiy-arxeologik muzey-qo’riqxonasi tarkibiga kiradi.

Ushbu dargoh YUNESKO madaniy meroslar ro’yxatidan o’rin olgan.

Musulmon olamida ma’lum va mashhur bu manzil, ayniqsa, bahorda boshqacha tus oladi. Go’yo ko’zni qamashtirgan, ufurib turgan ulkan guldasta, deysiz. Mitti yovvoyi gullar yo’lingizga payondoz. Cho’qqilarga intilgan daraxtlar qiyg’os ochilgan. Havo sof va totli.

Ko’klam  kelishi bilan sayyohlar, ziroatchilar, dam oluvchilar ko’paygan. Tog’ atrofidagi xiyobonlar, qadim (XVI-XVII asrlarga oid) hamda yangi katta masjidlar, turli muzeylar doimo gavjum. Cho’qqilardan birida qad ko’tarib turgan (o’tgan asrning 90-yillarida qayta tiklangan) Bobur hujrasi mehmonlarni chorlaydi…

Mahalliy mutaxassislar tuzgan ro’yxatga ko’ra, Sulaymon tog’ida mavjud 60 ga yaqin tarixiy-madaniy obida davlat tomonidan qo’riqlanadi

Mahalliy boshqaruv tizimlari tog’ning tabiiy holatini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Tabiatni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoatchilik tavsiyasi bilan kuni-kecha tog’ yonbag’ridagi restoranlardan biri buzib tashlandi. Ammo bunday inshootlar atrofda talayligi va ularning nufuzli egalari osonlikcha taslim bo’lmasligi ham barchaga ravshan…

Tog’da bahor shabbodasi esmoqda. Soflik, yaxshilik, ezgu-niyatlar sasi bu…

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

DSC04656DSC04646DSC04644DSC04639DSC04635  DSC04630DSC04627DSC04622DSC04618DSC04615DSC04613DSC04612DSC04610DSC02424DSC02043DSC01659DSC01637DSC01203DSC01154DSC01146