Tojikiston, O'zbekiston va Qirg'iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Tojikiston, O’zbekiston va Qirg’iziston adabiyotshunos olimlari va ijodkorlar

Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi.

O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir.

Yig’in So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi, Tojikiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy aloqalar jamiyatining So’g’d viloyat vakilligi bilan hamkorlikda o’tkazdi.

“Bugungi zamon Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyasini taqozo etadi. Bu o’rinda ziyolilar, ijodkorlarning hamkorligi harakatning negizi bo’lishi zarur”, – deydi qirg’izistonlik o’zbek shoiri Avliyoxon Eshon. (more…)