Vatan Manzaralari

O’zbekiston: Internet ustidan nazorat va ijtimoiy tarmoqlar

capture-decran-2016-06-23-a-12-13-41

“Uzinfokom” nashri xabariga ko`ra, Uz hududida ro`yxatga olingan domenlar soni 28 mingdan oshgan, shu yilning aprel oyida bu ko`rsatkich 26 mingni tashkil etgani hisobga olinsa, surat yomon emasdek.

Albatta, sifat alohida mavzu, bu ro`yxatdagi 28 ming domenning hammasi faoliyatda, ularning har biri, hech bo`lmaganda, kamida ming foydalanuvchiga ega degani emas. Ayniqsa, tarmoqda tanilgan ayrim nashrlar kutilmaganda yo’qolib qolayotgan bir vaziyatda.

Minglab internet foydalanuvchilarining haqli ehtiroslari, tanqidlari, afsuski, haqoratlariga ham imkoniyat bergan Uff.uz nashri bilan bog`liq mojaro bunga yaqqol misol. Sayt domeni tortib olib qo’yilgach, u endi faoliyatini Uff.uz orqali davom ettirmoqda. Buning ortida O`zbekiston Futbol Federatsiyasini tanqid qilish boshqa sport nashrlarida ham keskin to`xtatildi. Usmonov boshliq Federatsiya, Babayan qo`l ostidagi milliy terma jamoa oxirgi sharmandaliklarga qaramasdan yana suvdan quruq chiqdi.

(more…)

Tojikiston o’zbeklari shoir va jurnalist Alijon Yo’ldoshevni xotirlamoqda

Tojikiston o’zbeklari keyingi yillarda o’z milliy qadriyatlari ma’naviyat va ma’rifatini yuksak ko’tarish harakatidalar.

Baland tog’lar bilan janub va shimolga bo’lingan respublikada ikki milliondan ortiq o’zbeklar istiqomat qilishadi. Geografik bo’linish tabiiyki, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda, jumladan o’zbeklar hayotida ham.

Mustaqillik yillarida janub va shimolni boglovchi doimiy yo’l ochilgan bo’lsada, iqtisodiy etishmovchilk hali ham ikki mintaqa o’zbeklarini ajratib turibdi. Nisbatan rivojlangan Sug’d viloyati o’zbeklari uyushganroq ko’rinadi.

Yaqinda Sug’ddagi Jabbor Rasulov nohiyasining Yantoqzor qishlog’ida, Hamid Olimjon nomli 32-maktabda hayotdan barvaqt ko’z yumgan oz’bek shoiri Alijon Yo’ldoshevning yangi kitobi taqdimoti va xotira marosimi o’tkazildi.

Shoir ijodi va uning hayoti haqidagi xotiralar jamlangan yangi kitob nashrini tashkil etgan o’zbek shoiri Sharif Nuriddin ta’kidlaydiki, shogirdlar oldida Alijonning boshqa to’plamlarini ham chop etish vazifasi turibdi.

– Alijon Yoldoshev ijodi yoshlarimizga o’rnak bo’ladigan, ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadigan asarlardan iborat. Uning hayot yo’li o’zi o’rnak bo’ladigan darajada. Marhum do’stimizning xotirasini saqlash, kitobini chop etib, uning ijodini avlodlarga etkazish bugungi sharoitda oson bo’lmadi. Hamkurslar, do’stlar, ijod ahli mahalliy hukumat bilan kelishgan holda bu ishni uddaladik, navbat yoshlarniki, – deydi keksa shoir, hoji Sharif Nuriddin.

Shoirning shogirdi Dilrabo Rahmatulloeva aytadki, Alijon Yo’ldoshev nohiya gazetasiga sarvarlik qilgan yillarida sobiq Proletar, hozirgi Jabbor Rasulov nohiyasiga Toshkentdan taniqli o’zbek shoir va yozuvchilari tez-tez tashrif buyrishgan.

– Aynan ustoz Alijon aka tufayli qishlog’imizga Mirmuhsin, Rauf Parfi, Muhammad Solih kabi taniqli ijodkorlar mehmon bo’lishgan, adabiy maxfillar tashkil etilgan. O’zbekistonday ulkan ijod va ma’rifat dargohidan sun’iy to’siqlar bilan ajralib qolgan bir vaqtimizda shunday insonlar ruhi bizga madad bo’ladi, -deydi Dilrabo.

Hozirgi kunda Yantoqzor qishlog’ida, shoir yashab o’tgan hovlida uning uy mezeyi tashkil etilgan, u erdan maktab o’quvchilari, shogirdlarning oyog’i uzilmaydi.

Tojikistonlik o’zbek shoiri Alijon Yo’ldoshev o’qib, ulg’aygan 32-maktab ma’muriyati dars jarayonlarida shoir ijodidan keng foydalanishadi. Shoirning vatanga muhabbat, sadoqat va do’stlarga mehr ruhida yaratilgan she’r va dostonlari hozir ham aktualligini yo’qotmagan.

Oliy o’quv yurtida marhum shoir bilan birga ta’lim olgan To’xtajon Sultonova tadbirda so’zga chiqar ekan, milliyat sh’ani va ma’rifatini saqlashni yoshlar Alijonning ijodidan, hayot yo’llaridan, bosgan izlaridan o’rhanishlari kerak deb aytadi.

– Biz Tojikistonni bir vatan sifatida sevib, ardoqlar ekanmiz, bugungi kunda kimlargadir ortiqchadek ko’rinayotgan milliy huvviyatimizni yo’qotmasligimiz zarur, yomonimizni to’g’rilab, yaxshilarimizni targ’ib etishimiz shartki, ertaga farzandlarimiz tariximizdan o’rnak ola bilsinlar. Ana o’sha o’rnakchilar safida Alijon Yo’ldoshevning ham nomi bor, – deydi To’xtajon.

Ijodi O’zbekistonda ham qadrlanib, o’z o’rnini topgan shoir Dilmurod Hojimurodov marhum ijodkor do’sti haqidagi yorqin xotiralarni so’zlar ekan, Su’g’d ziyolilarini yangi kitob bilan tabrikladi.

– Hademay mahalliy hukumat nohiya maktablaridan biriga uning nomini berish haqidagi qarorini chiqaradi, Lekin, Alijon do’stimning 70 yoshlik yubiliy sanasiga mo’ljallab chop etlgan bu kitob unga qo’yilgan haykaldek, Tojikistonda o’zbeklar ziyosi, ma’rifati, ma’naviyati mana shunday o’lmas. Buni yoshlarimiz qalbiga singdira olayotganimiz ulug ish, – deydi shoir Dilmurod.

Tojikitonda hozir jumhuriyat miqyosida tanilgan o’nlab o’zbek qalamkashlari, san’at namoyondalari ijod etmoqda. Sug’dlik qo’shiqchilar Abdurauf Olimov, Qodir Mirashurov, marhum so’z ustasi Hojiboy Tojiboyev nomlarini nafaqat respublika, balki butun mintaqada tanishadi, sevib tinglashadi.

Ravshan Shams

Tojikiston

Xotira marosimi suratlarda…

Shoir o’qigan maktabda mehmonlar kutib olinmoqda

Shoirning nevaralari

Bolalar shoiri Sultonmurod Hojimurodov

Hoji Jamoliddin Saidov

Marhum shoirning jiyani, shoira Muslima O’lmaszoda

Alijon Yoldoshev ijodidan qo’shiq

Shoirning hamkursi To’xtajon Sultonova

Ishtirokchilarga yangi kitob tarqatilmoqda

Shoir Sharif Nuriddin marhum ijodkor kitobi chopini tashkil etgan

10 Ijodkornng oramizda yo'qligi alamli, ko'zga yosh unadi   16 Tadbir mana shunda quvonchli bo'ldi

17 Ishtirokchilar

18 Tadbirni texnik jihtdan ta'minlagan qishloq yoshlari

19 Yangi avlod etishmoqda

20 O'quvchilar tadbirg tayorgarlik oldidan

21 Shoirning do'stlari uning qlamkash nevarasi bilan

24 O'quvchilar shoir ijodiga qiziqishadi

25 Shoirning rafiqasi va do'sti mehmonlar bilan xayrlashmoqda

26 Xayrlashuv oldidan

3 Mehmonlar tashrifi

6 Alijon Yoldosehv yubileyiga bag'ishlab chop etilgan yangi kitob

2 Shoirning rafiqasi mehmonlarga peshvoz

 

27 Xayrlashuv og'ir, ammo hayot davom etadi, har kim o'z qishlog'iga yo'l oladi

23 Shoir oq'igan eski maktab hovlisi