babayan

Futbol bo’yicha O`zbekiston milliy tema jamoasi jahon chempionatiga saralash musobaqasi doirasida safardagi o’yinda Janubiy Koreyaga yutqazib qo’ydi. Agar o’yinlardagi bu muvaffaqiyatsizlik shu tariqa davom etsa va jahon chempionatiga chiqish imkoniyati boy berilsa, futbol rahbariyatida o’zgarishlar bo’lishi kutilyapti. Lekin, har safargidek kech, bu o’zgarishlar foydasiz bo`ladi. Albatta, depressiyaga tushgan ishqibozlarga bosh murabbiy Samvel Babayanning iste’fosi malham bo`lishi ehtimoldan soqit qilinmaganda.

Lekin hech kim depressiyaga tushishni istamaydi, har holda vaziyatni tiklash uchun hozircha imkoniyat bor.

Janubiy Koreyaga taslim bo`lishdan avval Toshkentda o`tgan o`rtoqlik uchrashuvida Iordaniya ustidan qozonilgan g`alabaning o`zi sharmandalik, ogohlantiruvchi qo`ng`iroq edi. Bu o`yinning tafsilotlariga to`xtashga hojat yo`q; irodasiz, taktikasiz va maqsadsiz o`yinga hamma guvoh bo`ldi. (more…)