Tojikistonda o’zbek ziyolilari biri-birining ijodini targ’ib qilib, quvvatlab keladi. Bunda qariyb o’n yildan beri faoliyat olib borayotgan jamoatchilik tashkiloti – Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh-qosh.
Yaqinda Tojikiston shimolidagi qadim Xo’jand, hozirgi Bobojon Ga’urov nohiyasining azim O’tkansoy, hozirgi Chashmasor qishlog’idan keksa ijodkor, o’zbek o’qituvchisi, 70 yoshli Sulton Mamarasulovning “Mehrim nishoni” nomli uchinchi kitobi taqdimoti va yubileyi marosimi o’tdi.
Sulton Mamarasulov oldinroq “Musavvir ko’ngil” va “Vatan haqida so’z” nomli ikki kitobini o’quvchilaga taqdim etib ulgurgan.
Tarixchi-filolog qo’lidan ellik yildirki, qalam tushmaydi. El farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan birga Sulton Mamarasulov o’zining serqirra ijodi bilan obro’-e’tibor qozongan insondir. Uning kamsuqumligi, kamtarona muomalasi, bo’lajon ko’ngli O’tkansoy ahliga armug’ondek go’yo.
O’rta ta’lim maktablarida o’zbek tilli va adabiyotidan saboq beruvchi oliy toifadagi o’qituvchi Abduxoliq Samadov o’z hamkasbi haqida gapirar ekan, uni “Mevag’ul she’riyatining sultoni” deb ta’riflaydi. (Mevag’ul hozida Mug’ultog’ deb ataluvchi eski Muttug’ul tog’i )
“Kop’lab olimlarni yetishtirgan zahmatkash muallim, mohir pedagog bo’lgan Sulton aka tajribali uztoz bo’lish bilan birga, zukko qalamkash shoir, Tojikiston xalq maorifi a’lochisi hamdir. Bu inson o’zining boy ma’naviy tajribalari bilan muallimlar jamoasi orasida maslahatchi vazifasini ham bajarib kelmoqda. O’qitish uslubi-mahorati bobida Sulton muallim bilan bellasha oladigan tarbiyachini tevarak-atrofdan topib bo’lmaydi,” – deydi Samadov.
Sirdaryo yoqasidagi ko’hna Xo’jandning “Nuri Ajam” choyxonasi Sug’d o’zbek ziyolilarining qadrdon maskaniga aylangan. Yosh va keksa ziyolilarning turli tadbirlari mana shu daryo bo’yidagi choyxonada o’tadi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muxtor Mirzoaxmedov ustozi, uning vatanga, tabiatga mehri haqida o’zgacha so’zlaydi, undan saboqqa undaydi.
“Ko’pincha ustozning Mug’ultog’ etaklarini kezib yurganlari, toqqa yovvoyi mevali daraxtlarnig danaklari ekib yurganlarining guvohi bo’lganman. Bundan kuluvchilar ham topilardi. Ammo, barchada ham ustozdagi singari ma’naviy olami boy, qalblarida tabiatga bo’lgan mehr kuchli bo’lganida edi, bugungi kunda Mug’ultog’ning tabiati qashshoqlashib, uning bag’ridag nabotot va hayvonot olami qirilib bitmagan, kakliklarning saharlarda kishiga xush yoquvchi sayroqi ovozlari o’chmagan bo’lar edi. Bugun yurt tabiati odam bolasining mehriga muhtoj,” – deydi ijodkorning sodiq shogirdi.
Bobojon G’afurov nohiyasidagi 56-o’rta maktab o’qituvchisi Xudoyqul Hoshimov yubilyar tantanasi va kitob taqdimotida qatnashar ekan, uning noyob mutaxassis ekanini aytadi.
“Bu insonning go’zal fazilatlaridan biri bo’lgan beozorligi haqida alohida to’xtalish joiz. Hayotda dilozorlikni kasb qilib olganlar kam bo’lmagan bir paytda, dilga malham bunday kishilarning borligini baxt deb bilaman. O’zgalar quvonchiga sherik bo’lib, qayg’usiga hamdard bo’lib, qalb ardog’ida yashash hammaga ham nasib etavermaydi. Tojikiston shimoli – Sug’dda bir milliondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi. Bu bizning vatan, tug’ilib o’sgan ona yurtimiz. Bu yurtning Sulton akadek o’zbegi bor bo’lsin, ta’lim-tarbiyasi mevalari shirindan shirin bo’lsin”, – deydi Hoshimov.
Qadimgi Iloq davlatining qazilma boyliklari, eski kumush konlariga serob Qoramazor tog’lari etagi Mug’ultog’ning bir qismidir. O’tkansoy o’zbeklarining ajdodlari bu hududda, tarixiy manbalarga qaraganda uch ming yillardan beri yashab kelishadi. Sulton Mamarasulov o’sha avlod farzandidir.
Tadbirdan suratlar:
Ravshan Shams
Xo’jand, Tojikiston