Vatan Manzaralari

O’shdan Samarqandgacha: ikki o’lka rassomlarining ko’rgazmasi

O’sh – Samarqand – Buxoro – Toshkent. O’sh shahridagi  Tasviriy san’at muzeyida davom etayotgan ko’rgazma shunday nomlangan. Taqdimot  “Qirg’iziston – O’zbekiston – 2017” nomi ostida o’tkazilmoqda.

Qirg’iziston va O’zbekistonlik to’rt musavvirning asarlari zikr qilingan ko’hna shaharlarning obidalari, tabiati va bugungi kunlari haqida hikoya qiladi.

Shohi Zinda. Labi Hovuz. Bibi Xonim maqbarasi. Sulaymon tog’i. Oqbura daryosi…

Shavkatbek Mamatkarimov, Kubanichbek Mamaraimov, Sharobiddin Matisoqov hamda  Arstanbek Mirzayev talabalik yillari do’stlashgan – o’z paytida ular bir o’quv yurtida tahsil olishgan.

“Avvallari ikki mamlakatning mo’yqalam ustalari birgalikda ijodiy safarlarga chiqar edilar. Tajriba, rejalar bilan o’rtoqlashardik. O’sha an’anani qayta tiklashga hissa qo’shish niyatidamiz”, deydi Jahon halqlarining rassomlari Assosiasiyasining O’zbekistonlik a’zosi Shavkatbek Mamatkarimov.

Muzeyning ilmiy xodimi Zamira Arapbayevaning aytishicha, betakror obidalarning mohirona tasvirlari, rang-barang tabiat ko’rinishlari, qalbga yaqin chizgilar yuzlab san’at muxlislarini jalb qilmoqda.

Xabarlarga ko’ra, ko’rgazmaning navbatdagi manzillari – Samarqand, Buxoro va Toshkent.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

Issiqko’l – tog’lar qo’ynidagi marjon

Markaziy Osiyo javohiri deb atalmish Issiqko’l (Qirg’iziston) Shimoliy Tyanshan tog’ tizmalari qo’ynida joylashgan. Bir tarafda Kungay Olatov, ikkinchi tarafda Terskay Olatov salobat to’kib turibdi.

Avvalgi maqolalarimizdan birida Issiqko’lda hordiq chiqarish mavzusini tilga olgan edik.
Bu gal atrofdagi tog’larga yo’l olamiz.

Ko’lga tashrif buyurgan sayyohlar yam-yashil tog’ o’rmonlari va daralarini ko’rmay qaytmaydi. Ulkan yong’oq daraxtlari. Asrlarni qaritgan archalar. Osmono’par qarag’aylar. Turli-tuman shifobaxsh o’simliklardan iborat chakalakzorlar…

Bu maskanning hayvonot dunyosi ham rang-barang. Ilvirs, qo’ngir ayiq, lochin, tog’ echkilarining ayrim turlari Qizil kitobga kiritilgan va davlat tomonidan muhofazaga olingan.

Ko’l atrofidagi tog’ o’rmonlari ko’riqxonalar tarkibiga kiradi. Lekin bu katta hududning ma’lum qismi sayyohlar uchun ochiq.

(more…)