Shukrullo xotirasi: nega shoir mustaqillik davrida ham taqiq ostida qoldi?

Shukrullo 19- iyul kuni Toshkentda 99 yoshida vafot edi. Shukrullo ijodi va shaxsiyatini vatan ozodligi uchun tikkan, qatag’on, surgunlarga qaramasdan maqsadga sobit turgan o’zbek ziyolisi timsoli o’laroq ham tanilgan. Ayrim nashrlarda o’zbek xalqining vijdoni o’laroq qayd etilgan shoir Shukrullo jadidlar va zamonaviy o’zbek adabiyotini bog’lab kelgan ko’priklardan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Shukrulloning vafoti munosabati […]

Qurama tog’ etaklarida, Xo’jandda o’zbegu-tojik liderlaridan minnatdor

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylangach, O’zbekiston-Tojikiston o’rtasidagi munosabatlar iliqlashgandan beri yaqin ikki oy orasida ikki respublika chegaralarini ikki yuz mingdan ortiq odam kesib o’tdi. Chegaraning ochilganidan minnatdor ikki xalq rahbarlar haqqiga duo qilmoqda. “Necha yillardan beri Tojikistondagi qarindoshlaimiz diydoridan benasib edim, xudoga shukr Tohskentdan Xo’jandga uch soatda kirib keldik, aytsam ishonmaysiz, jigarlarimiz yuzimiz tugul, minib kelgan […]

Tojikistonda o’zbeklar ma’rifat darg’alarii unutmaydi

Ravshan Shams Xo’jand, Tojikiston Тojikistonning ikki miilonga yaqin o’zbeklari jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutadi. Mamlakat aholisining 20 foizidan ortig’rogini tashkil etuvchi o’zbek urug’larining ayrim qismlari Tojikistonda keyingi yillarda davlat statistik ma’lumotlarida alohida millat sifatida ko’rsatilib, o’zbeklar nufuzi rasman 14 foiz atrofida deb e’tirof etiladi. O’zbekning laqay, barlos, qipchoq singari yirik urug’lari Tojikiston rasmiy manbalarida […]

Navoiy ijodi tojik va o’zbek xalqlarini birlashtirmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi. O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir. […]

Yo’qolsin Jasliq!

  Elbiy taxallusli muxlisimiz maktub yo’llab, quyidagi she’rni blogimizda e’lon qilishimizni so’rabdi. Sh’er O’zbekistonning Jasliq qamoqxonasida jazo muddatini o’tayotgan mahkum tilidan yozilgan. Unda muallif qamoqxonadagi kundalik hayotni she’riy bayon qilishga uringan. Shu misralarni quyida e’tiboringizga to’laligicha havola etamiz.   Yo’qolsin Jasliq! Yoshligimdan ayirgan o’lim zindon bu Jasliq. Oshyonlardan ajratgan, oilamdan judo Jasliq. O’z yurtingda surgunsan, […]

Til – savod belgisi… Vodiydan maktub

Tilni asrash va rivojlantirish uchun odamlar ongi, ma’naviy dunyoqarashida ham islohot bo‘lishi zarur. Bir qarashda ma’naviyatning chegarasi yo‘qdek, ilg‘ab bo‘lmasdek tuyuladi. Lekin ana shu ma’naviy muhit ihota qilinmasa, ma’naviyatga aloqasi yo‘q bitiklardan himoyalanmasa, beta’sir nag‘malar ko‘payib ketishini, muqaddas ma’naviyatimiz oyoqosti bo‘lishini vaqt yaqqol ko‘rsatdi. Keyingi paytlarda ba’zan davlatning milliy ramzi sifatida e’tirof etilayotgan ona tilimizga […]

Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Ismoil Gaspirali qabriga ziyorat

Simferopoldan Bog`chasaroy tomon ketishdagi  manzara  – yo`l yoqalab  cho`zilgan  yam-yashil uzumzorlar O`zbekistondagiga, ayniqsa, Urgutdagi uzumzorlarga juda o`xshash.  Bu uyg`unlikdan zavqlanib ketarkanman, haydovchining sof o`zbek tilida O`zbekistonni qayeridan ekanligimni so`rashi hayartimni yanada oshiradi. Sal o`tibgina hali taksiga o`tirarkanman, do`stlarim bilan o`zbekcha xayr-xo`sh qilganimni eslayman. Haydovchi Shahrisabzdan ko`chib kelgan qrimliklardan ekan, kelganiga ham 20 yildan oshibdi. Avvaliga  […]

Afg’onistondan esayotgan umid shamollari…

So’nggi paytda o’zbeklar hayotiga doir umidli xabarlar Afg’onistondan kela boshladi. Hirotda hazrat Alisher Navoiyning ochiq qolgan mozori qayta ta‘mirdan chiqarildi. Shibirg’onda esa o’zbek tilida uzluksiz televideniya ish boshlagan. Bu nafaqat O’zbekiston, balki mintaqa va tashqaridagi o’zbeklar uchun ham quvonchli xabar. Ayniqsa, mintaqaning aksariyat davlatlarida o’zbeklarning haq-huquqlari cheklanib borayotgan bir paytda. Navoiy qabri uzoq vaqt qarovsiz […]