Maydon o’z vazifasini bajarib bo’ldimi?
Ukrainadagi inqilobning o’xshashi O`zbekistonda hali veri kutilmasa-da, vaziyatning shu tariqa ketishi bizda ham bu jarayon bir kun kelib boshimizdan o’tishini shart qilib qo`yadi. Ukraina misoli esa nafaqat korrupsiyaga botgan hukumatni ag`darish, o`zgartirish, balki uni nazorat qilish tajribasi bilan ham ahamiyatlidir. Chunki kechagi inqilobning yetakchilari bugun hukumatga aylangan, ularni hukumatga keltirgan xalq aniq o`zgarishlar kutayapti. Dastlabki […]
Qrim tatarlari qatag’onning 70 yilligini xotirladi
Qatag’onlarning 70 yilligini Qrim yarimoroli Rossiyaga qo’shib olingan bir vaziyatda o’tkazayotgan tatarlar birinchi bor ommaviy miting o’tkazish huquqidan mahrum qilindi. Mahalliy hukumat bu qarorini Ukrainadagi beqaror vaziyat bilan izohlaydi. Kiyev markaziy xiyobonida qilgan nutqida Mustafo Jemilov xotira kuni Rossiya harbiylari nazoratida o’tayotgani, ammo qatag’onlarni boshdan kechirgan xalqni qo’rqitib bo’lmasligi haqida gapirdi. 18-may kuni Rossiyaning Kiyevdagi […]
Vatanni vatandoshlardan begona qilayotgan og’riqlar
Yaqin bir do`stimdan xat oldim. U mendan Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatlari haqida so`rabdi. Og’aynimning yozishicha, sharoitdan kelib chiqib va istiqbolni o`ylagan holda Rossiya fuqaroligini olish yomon emas. Ikki yildan buyon xorijda yurgan mendek odam uchun vatanda o`z istiqbolini ko`ra olmayotgan do`stga maslahat berish og`ir. Do`stim ziyoli odam, mamlakat hayoti va taqdiriga befarq emas. Hozirgacha umid […]
O’tgan va yangi yil bo’yicha ayrim mushohadalar
2014-yil O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday bo’lishi haqida turli hisobot va tahlillar e’lon qilindi. Tadqiqotchilar vaziyatni ancha qaltis baholashadi. Nufuzli xalqaro nashrlarning dunyo davlatlaridagi vaziyatga oid tahlillarida O’zbekiston ijtimoiy bo’hronlar kutilayotgan sanoqli mamlakatlar qatoridan joy olgan. Hisobotlar mamlakatga tashqaridan qaraydi, ichkaridan tadqiqotlar qilish imkonsiz. Shimoliy Koreyadagi oddiy aholi hayoti tashqi dunyo uchun qanchalik mavhum qolayotgan bo’lsa, […]
Ijtimoiy tarmoqlar prezident eshigini qoqmoqda
Hukumat internet jilovini mustahkamlash yo’lida izlanish olib borishda davom etmoqda. Zotan, chorasizlikka tushgan o`zbeklar uchun adolatga umidning so`nggi chorasi internet bo’lib qolayotgan edi. Xalq orasidagi rang-barang qarashlar internetdagi turli saylarda, ijtimoiy tarmoqlarda ko’rinish bermoqda. Shunday saytlardan biri – “YouTube”. Muammoni “Youtube” orqali yoyinlash, albatta, uning hal qilinishini bildirmaydi, biroq ko`pchilik e`tiboriga tushgan lavha so`nggi qarorni […]
Paxtani majburan terdirish – ekspluatatsiya, O’zbekiston ahli nima deydi?
AQSh O’zbekiston hukumatini zamonaviy qulchilikda ayblab, yaqinda o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Hamkasbim Navbahor Imamovaning yoritishicha, buning oqibatida Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin. Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi. Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda. Xo’sh, jamoatchilik, […]
Mardikorlar Kasaba Uyushmasi tuzildi
Bu o’zgarishlardan darakmi? 2012-yil O’zbekiston hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar sarhisobiga kirmagan bir voqea haqida to’xtalmoqchiman. Xabaringiz bo’lsal, o’tgan yili O‘zbekistonda Mardikorlar Kasaba Uyushmasi tuzilgan. Hali oyoqqa turmagan bu tashkilot haqida katta gapirish sizda istehzo uyg’otishi mumkin. Zotan, bizdagi turg’unlik bu kabi masalalarga bundan boshqacha munosabatda bo‘lishga hojat ham qoldirmaydi. Mardikorlar Kasaba Uyushmasini tuzish […]
Muhammad Solih: O`zbekiston Xalq Harakatida kuchlanish jarayoni boshlanmoqda
“O`zbekiston Xalq Harakati”ning Germaniyada o`tgan yili birinchi qurultoyini kuzatgan faollarga ko`ra navbatdagi Praga qurultoyi nisbatan sust bo‘ldi. Ikkinchi uchrashuv bahs-munozaralar bir qadar bosilgan, silliqroq o`tgandek taassurot uyg`otadi. Ehtimol, bu bir yil davomida harakat doirasidagi o`zgarishlar, xususan “Andijon – adolat va tiklanish” va boshqa bir nechta faollarning O’XH safini tark etishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi qurultoygacha yetib […]
Qirg’indan keyin…
Keng ko’lamli fojealar millatni tushkunlikka yetaklaydi, shuningdek, birdamlikka. Ammo qirg’in, qotilliklar va vahshiylik jamiyatda tarqoqlikni kuchaytiradi. Ojizlik… Odatda, bu ojizlik qo’rquvga emas shafqatga tayanadi. Shavqat unutilganda esa bu ojizlik ulkan qasosga aylanishi mumkin. Qasosni alangalatuvchi ibtidoiy vahshiylik bugungi jamiyatga yotdek, ammo bu bizning asrda, ikki yil muqaddam O’shda sodir etildi. Qirg’in bir narsaga, o’zbeklarni millat […]
Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…
O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]