O’zbekistonda so’z va matbuot erkinligi – eng og’ir masalalar

AQSh Navoiydagi qamoqxonada 12,5 yarim yillik jazo muddatini o’tayotgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid ozod etilishini so’ramoqda. Davlat departamentining bu chaqirig’i 3- may Xalqaro so’z erkinligi kuni munosabati bilan bildirilmoqda. Dilmurod Sayid tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, kasbiy faoliyati uchun O’zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan mustaqil jurnalistlardan biri. Dilmurod Sayid 2009-yilda tovlamachilik va ta’magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. […]

Hukumat xohlagan emas, xohlamagan so’zni yozgani uchun qamoqqa tashlangan jurnalistlar

Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti O’zbekistonda qamoqda o’tirgan barcha jurnalistlar ozod etilishini so’ramoqda.  Tashkilot  Yevropa davlatlari Islom Karimovni qabul qilishga rozilik berishdan avval bu talab inobatga olinadi degan umidda. Albatta bunday shart birinchi navbatda o’zbek jamoatchiligi va ayniqsa jurnalistlari tomonidan ko’tarilishi kerak edi. Biroq vaziyat hammamizga ayon – mamlakatda hech kim hukumatga bunday talab […]

2015-yilgi prezident saylovlari: Xavotir, tahlil va umidlar…

Tabiiyki, ko’pchilikni qiziqtirgan so’nggi o’zgarish O’zbekistonda prezident saylovlarining kechiktirilishi bo’ldi. Senatning 8-yalpi majlisida ma’qullangan bu qonun shu kuniyoq xorij axborot vositalarida tarqalgan bo’lsada, rasmiy agentlik O’zA bu haqda shanba kuni e’lon qildi. Lekin e’tiborga molik tomoni shuki, ushbu qonun tafsilotlari noaniq, jumladan asosiy o’zgarish – prezident saylovlari 2014-yildan 2015-yilga ko’chirilgani ham. Bu xabardan so’ng prezidentlik […]

Sanjar Umarov: “O’zbekistonda ijtimoiy portlash xavfi yuqori”

2006-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Sanjar Umarov Vashington va Toshkent o`rtasidagi muzokaralar natijasida 2009-yilda ozod etilgan edi. Ozodlikka chiqqach AQShga ketgan Umarov ancha vaqt jamoatchilik e`tiboridan uzoqda bo`ldi, siyosiy faoliyatdan chetladi. Yaqinda Berlinda O`zbekistondagi vaziyat muhokama qilingan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan muxolifatchi O`zbekistonda ijtimoiy portlash yaqinligini bashorat qiladi. Umarov bilan suhbatimiz […]