O’zbekiston iqtisodiyoti: bugun va kelajak
Muallif: Arobiddin Turaxanov, investitsiya bo’yicha katta mutaxassis. Andijonda tug’ilgan. “Umid” fondi orqali Britaniyada iqtisodiyot sohasida o’qigan. 2004-yildan beri AQShda yashaydi. “Fortune 500” ga kiruvchi turli kompaniyalarda ishlab, 10 milliard dollarlik portfelni boshqargan. Nyu-York moliya markazi “Wall Street”da faoliyat yuritgan. Hozirda sarmoya (aksiya va obligatsiya) bo’yicha kompaniyada tahlilchi. O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatar ekanman, 1998-2001 yillari “Umid” […]
Issiqko’l – Markaziy Osiyo durdonasi
Qirg’izistonning Issiqko’li bejizga Markaziy Osiyo durdonasi, marvaridi, deb aytilmaydi. Shimoliy Tiyonshon tog’ tizmalari orasida joylashgan suv havzasi kurramizning 25 yirik ko’llari sarasiga kiradi. Chuqurligi bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Suvi tozaligi, juda tiniqligi bilan esa tengi yo’q – yaqin atrofda kattaroq sanoat korxonalari, tevarak-muhitni bulg’ovchi inshootlar yo’q. Issiqko’lni o’rab turgan tog’ tizmalari yam-yashil ulug’vor o’rmonlar bilan […]
Tojikiston bo’ylab mustaqillik tantanalari
Tojikiston mustaqilligining 26 yilligi poytaxt Dushanbe va viloyatlarda keng nishonlanmoqda. Sug’d viloyatida bayram qadimiy Istravshan shahrida o’tkazildi. Tojikiston respublikasi hozirda sakkiz yarim milliondan ortiq aholiga ega bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida bu jihatdan uchinchi o’rinda turib, hududining 93 foizini to’glar egallagan, agrar mamlakat. Ishchi kuchining asosiy qismi mehnat muhojirligida va har yili ular orqali chet […]
Karimovning muhojirlarga “salomi” nimadan dalolat?
Islom Karimov Jizzax viloyatiga tashrifi davomida xorijda ishlayotgan o’zbekistonliklarni “dangasa” deb atadi. Uning bu gaplari prezidentlik saylovlaridan uncha uzoq bo’lmagan bir paytda yangrashi odamni mulohaza qilishga undaydi. Chunki, bu bayonotdan haqorat tuygan mehnat muhojirlari ortida „farroshlik“ evaziga orttirilgan puldan tirikchilik qilayotgan millionlab o’zbekistonliklar borligi ayon. Ehtimol, buni Jirinovskiyga o’xshash biror populist siyosatchi aytganda e’tiborsiz qoldirish […]
MTS nega yopildi?
Shu yil aprel oyida O`zbekiston Respublikasi prezidentining xorij investitsiyalarini mamlakatga bevosita jalb qilishni takomillashtirish to`g`risida qarori e’lon qilingan edi. Shundan buyon o’tgan to’rt oy davomida mamlakatdagi bir nechta yirik xorij kompaniyalari davlat tomonidan bosimga uchradi. O`zbekistonda muammoga uchragan korxonalarning so`nggisi Rossiya sarmoyadorlariga tegishli MTS aloqa kompaniyasidir. Bundan avvalroq Hindiston bilan hamkorlikdagi “Spantex” to`qimachilik korxonasi, Bekobod […]