Mirziyoyev Ortiqxo’jayev masalasida fikr bildiradimi?

  Jurnalistlar “suvga cho’kib yo’qolishi”, “geyga aylanib qolishi” mumkinligi haqida tahdid qilgan Toshkent shahri hokimi bir necha kundirki munozaradan tushmayotgan bu voqea yuzasidan izoh bermagan, uzr ham so’ramagan. Jamoatchilik esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning voqeaga nisbatan munosabatini kutmoqda. 20-noyabr kuni poytaxtdagi bir qator inshootlar bilan tanishgan prezidentga, an’anaga muvofiq, Toshkent shahar hokimi hamrohlik qilmagani kuzatiladi. Yoki tasvirlarda […]

Adliya vazirligi bosh vazirlikka oid so’rovlarni “asossiz” deb tanqid qildi

O’zbekiston Adliya vazirligi parlament saylovi munosabati bilan ayrim axborot vositalari o’tkazayotgan ijtimoiy so’rovlarning qonunchilikka zid, asossizligidan ogohlantirmoqda. Ijtimoiy tarmoq kanallarida bosh vazirlikka nomzodlar bo’yicha o’tkazilgan so’rovda “Xalq demokratik partiyasi” (XDP) vakili Ochilboy Ramatov amaldagi Bosh vazir Abdulla Aripov nomzodini katta farq bilan ortda qoldirgani bilan jamoatchilik diqqatini tortgan. O’zbekiston rasmiy partiyalari kutilmaganda saylovdagi ehtimoliy g’alabalaridan […]

Ukrainadagi o’zbek jurnalistlari nega vatanga qayta olmayapti?

Quyidagi videoda ukrain tilida she’r o’qiyotgan bu qizcha quvg’inlikda yashayotgan o’zbek jurnalistlari Shamsiya va Narzulla Oxunjonovlarning 6 yoshli farzandi Shukrona. Jurnalistlarning Shukronadan tashqari yana to’rt nafar farzandi bor, ular ham bugun Ukrainada maktabga qatnashyapti, ikki yil avval Turkiyada o’qishayotgan edi. Ammo quvg’inlikdagi jurnalist Narzulla Oxunjonov uchun Turkiyada qolish xavfsiz emas edi, shu sabab u oilasi […]

Kuzatuvchilar: Oʻzbekistondagi tuzum eski uslubdagi pozitsiyasidan chekingani yoʻq

Kimga qanaqa bilmadimu, ammo bugun ommaviy axborot vositalari faoliyati va xususan jurnalistika atrofidagi vaziyat, yumshoqroq qilib aytganda, oyoq kiyimingiz poshnasiga yopishib qolgan axlatni asfalt chetiga surtib olib tashlashga urinishni eslatyapti. Qizigʻi, bu kabi munosabat borgan sari qoʻpollashib boryapti. Hukumatlar OAV va jurnalistikaga oid munosabatlarini aynan ana shu usulda izhor etishni eng toʻgʻri yoʻl bilyapti. Aynan […]

Jurnalistlar: O’zbekiston hukumati mohiyatga emas, tashqi ko’rinishga urgʻu beryapti

Uzoq yillik sokinlikdan soʻng Oʻzbekiston dunyo hamjamiyati va ayniqsa xalqaro matbuot va jurnalistlar uchun qaytadan qiziq va dolzarb mavzularga toʻlib toshgan maydonga aylandi. Sobiq prezident Islom Karimovning 27 yillik boshqaruvi paytida deyarli harakatsiz qolib kelgan bir qator sohalarda yana jonlanish sezila boshladi. Hatto mahalliy matbuotda ham kichik boʻlsada oʻzgarishlar koʻzga tashlana boshladi. Ayni mana shu […]

Qirg’izistonda eng keksa o’zbekzabon ro’znoma 85 yilligini nishonlamoqda

“O’sh sadosi” viloyat gazetasi (dastavval “Kommunist”, keyinchalik “Paxta uchun”, “Qirg’iziston haqiqati”, ‘Lenin yo’li”) 1932 yil asoslanib, Janubiy Qirg’izistonning eng nufuzli ahborot vositalaridan biri bo’lgan. Ushbu dargohda  Shavkat Rahmon, Tursunboy Adashboyev kabi o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari qalami charxlangan. Ma’lum sabablarga ko’ra, keyingi o’n yilliklarda muxlislarning bosimli qismidan ajragan gazeta yangi sharoitga moslashish va avvalgi mavqeni tiklash […]

O’zbekiston: Internet ustidan nazorat va ijtimoiy tarmoqlar

“Uzinfokom” nashri xabariga ko`ra, Uz hududida ro`yxatga olingan domenlar soni 28 mingdan oshgan, shu yilning aprel oyida bu ko`rsatkich 26 mingni tashkil etgani hisobga olinsa, surat yomon emasdek. Albatta, sifat alohida mavzu, bu ro`yxatdagi 28 ming domenning hammasi faoliyatda, ularning har biri, hech bo`lmaganda, kamida ming foydalanuvchiga ega degani emas. Ayniqsa, tarmoqda tanilgan ayrim nashrlar kutilmaganda […]

Bloglarga tushov solindimi?

O’zbekistonda jurnalistlar biroz bo`lsa-da o`zlarini erkin his qilishi mumkin bo`lgan maydon – blogchilar faoliyatiga ham chang solindi. Senatning yalpi majlisida ma`qullanib, 5-sentabrdan kuchga kirgan qonun blogdagi yozuvlar uchun jinoiy javobgarlikdan ogoh etadi. Rasman belgilanishicha, blogerlar ijtimoiy-siyosiy hayotga taalluqli noto`g`ri, asosiz axborot tarqatsa, davlat sirini fosh etsa javobgarlikka tortilishi mumkin. Gap shundaki, O`zbekistondagi vaziyat bilan tanish […]

“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak

AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov  natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]

Erkin matbuot – Rossiya tahdidiga qarshi eng yaxshi qurol

O`zbek matbuoti har yili bir guruh mahalliy jurnalistlarga beriluvchi “Oltin qalam” mukofotini tantana qilayotgan bir paytda qozoq matbuoti mamlakat jamoatchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari ta’siriga tushib qolgani yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi. Qozoq ziyolilari bugun mahalliy matbuotni kishanlash bilan band bo`lgan hukumatni ertaga o`z jamotchiligini yo`qotib qo`yishidan ogoh etmoqda. Qo`shnilarda matbuot nisbatan erkinroq, har holda bu […]