Qirg’izistonda eng keksa o’zbekzabon ro’znoma 85 yilligini nishonlamoqda

“O’sh sadosi” viloyat gazetasi (dastavval “Kommunist”, keyinchalik “Paxta uchun”, “Qirg’iziston haqiqati”, ‘Lenin yo’li”) 1932 yil asoslanib, Janubiy Qirg’izistonning eng nufuzli ahborot vositalaridan biri bo’lgan. Ushbu dargohda  Shavkat Rahmon, Tursunboy Adashboyev kabi o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari qalami charxlangan. Ma’lum sabablarga ko’ra, keyingi o’n yilliklarda muxlislarning bosimli qismidan ajragan gazeta yangi sharoitga moslashish va avvalgi mavqeni tiklash […]

O’zbekiston: Internet ustidan nazorat va ijtimoiy tarmoqlar

“Uzinfokom” nashri xabariga ko`ra, Uz hududida ro`yxatga olingan domenlar soni 28 mingdan oshgan, shu yilning aprel oyida bu ko`rsatkich 26 mingni tashkil etgani hisobga olinsa, surat yomon emasdek. Albatta, sifat alohida mavzu, bu ro`yxatdagi 28 ming domenning hammasi faoliyatda, ularning har biri, hech bo`lmaganda, kamida ming foydalanuvchiga ega degani emas. Ayniqsa, tarmoqda tanilgan ayrim nashrlar kutilmaganda […]

Bloglarga tushov solindimi?

O’zbekistonda jurnalistlar biroz bo`lsa-da o`zlarini erkin his qilishi mumkin bo`lgan maydon – blogchilar faoliyatiga ham chang solindi. Senatning yalpi majlisida ma`qullanib, 5-sentabrdan kuchga kirgan qonun blogdagi yozuvlar uchun jinoiy javobgarlikdan ogoh etadi. Rasman belgilanishicha, blogerlar ijtimoiy-siyosiy hayotga taalluqli noto`g`ri, asosiz axborot tarqatsa, davlat sirini fosh etsa javobgarlikka tortilishi mumkin. Gap shundaki, O`zbekistondagi vaziyat bilan tanish […]

“Gallup” ning erkinlik bo’yicha so’rovi natijalari bir cho’pchak

AQShda asoslangan “Gallup” omma fikrini o’rganuvchi tashkilot o’tkazgan so’rov  natijalariga ko’ra, O’zbekistonda respondentlarning 92 foizi mamlakatidagi erkinlik darajasidan qoniqishini aytgan. To’g’risi, menda bu ko’rsatkich biroz umid uyg’otdi. Har holda, “Ijtimoiy fikr” markazining 99 foizlik natijasidan oz bo`lsa ham farq qiladi. Demak, 30 million kishilik mamlakatda vaziyatni to’g’ri ko’rayotgan kimdir bor. Hukumatning e’tiboriga kirish uchun har […]

Erkin matbuot – Rossiya tahdidiga qarshi eng yaxshi qurol

O`zbek matbuoti har yili bir guruh mahalliy jurnalistlarga beriluvchi “Oltin qalam” mukofotini tantana qilayotgan bir paytda qozoq matbuoti mamlakat jamoatchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari ta’siriga tushib qolgani yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi. Qozoq ziyolilari bugun mahalliy matbuotni kishanlash bilan band bo`lgan hukumatni ertaga o`z jamotchiligini yo`qotib qo`yishidan ogoh etmoqda. Qo`shnilarda matbuot nisbatan erkinroq, har holda bu […]

Kishanlangan erk timsoli

(Rauf Parfining 70 yilligi munosabati bilan) Rauf Parfi (1943-2005) timsol edi… Tutqinlikda ham ozod, hur yashash mumkinligini ko’rsatgan, kishanlangan erkning ramzi edi. Bugun shoir o’limidan so’ng o’tgan vaqt oralig’ida ortga qarash bu timsolning o’rni diqqinafaslikdagi ijod ahliga, ayniqsa, yoshlarga nechog’lik yetishmasligi ko’rinmoqda. Biz, bir guruh yoshlar, hali Rauf Parfi tirikligidayoq unga vatandagi so’nggi tirik shoir […]

Xorijdagi o’zbek saytlari nimani yorityapti?

“O’zbekistonda erkin fikr aytish, xavotirsiz ochiq muhokama yuritish orzuligicha qolayotgan bir paytda xorijda emin-erkin ishlayotgan ko’plab o’zbek saytlaridagi manzara hafsalani pir qiladi”, – deydi yaqinda vatandan chiqib ketishga majbur bo’lgan o’zbekistonlik. Bu umidsiz xulosalar so’nggi yillarda o’zbek faollari tomonidan xorijda ochilgan mustaqil saytlar faoliyati haqida. Bunday qarash birinchi bor aytilayotgani yo’q, qolaversa, vatandoshimiz nazarda tutayotgan […]

Mamadali Mahmudov – xalqning tutqundagi vijdoni

“Men o’z xalqimning o’g’liman. Kim bizni vatan xoini yoki xalq dushmani desa, uning o’zi vatan xoini va xalq dushmanidir.  Vaqt hammasini o’z joyiga qo’yadi”. Evril Turon   Mamadali Mahmudov uchrashgani borgan yaqinlaridan unga hassa olib kelishlarini so’ragan. U 12-dekabr kuni 72 yoshini qamoqda qarshiladi. Adibning sog’lig’i og’ir, boshidan jarohat olgan, yura olmayapti. 14 yillik qamoq jazosi haqidagi […]

Pahlavon Sodiq: Shartni Karimov qo’ymoqda, G’arb emas…

O’zbek matbuoti uzoq tarixga ega, biroq erkinlik hamisha noyob ne’mat bo’lib kelgan. XX asr boshlarida, o’zbek matbuoti oyoqqa tura boshlagan damlardagi uyg’oqlik bugungi vaziyatdan ancha jonli ko’rinadi. Jadidlar davridagi va mustaqillik yillaridagi “Hurriyat”ni solishtirish bu farq qanchalik ekanligini ham, so’z erkinligiga nisbatan toqat va taqatsizikni ham  yaxshi ko’rsatadi. Nazarimda, shu kabi qisqa uyg’onishlar bo’lgani bois […]

O’zbekistonda so’z va matbuot erkinligi – eng og’ir masalalar

AQSh Navoiydagi qamoqxonada 12,5 yarim yillik jazo muddatini o’tayotgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid ozod etilishini so’ramoqda. Davlat departamentining bu chaqirig’i 3- may Xalqaro so’z erkinligi kuni munosabati bilan bildirilmoqda. Dilmurod Sayid tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, kasbiy faoliyati uchun O’zbekistonda qamoq jazosini o’tayotgan mustaqil jurnalistlardan biri. Dilmurod Sayid 2009-yilda tovlamachilik va ta’magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. […]