Karimov merosi va yangi O’zbekiston mafkurasi

O’zbekistonda marhum prezident Islom Karimovni xotirlash haftaligi bo’lib o’tdi. Yangilanayotgan O’zbekistonni diktator xotirasiga ta’zimda tasavvur qilish juda qiyin. Ammo asosiy marosim rasman prezident, hukumat delegatsiyasi, jamoatchilik, ziyolilar keng jalb qilingan holda o’tkazilgani inobatga olinsa, Karimov xotirasi, merosi yangi O’zbekistonning ham mafkuraviy ustuniga aylanib borayotgandek. Marhumning 83 yilligi bu safar xotira haftaligi maqomida e’lon qilindi. Hafta […]

Dubayda nimaga fohisha ko’paydi?

Toshkent o’zbek ayollarining fohishalik ko’lami davlatlararo munosabatlarga soya tashlayotganidan xavotirda.   Dubayda fohishalik qilayotgan o’zbekistonlik ayollarning 90 foizdan oshig’i bunga rozi bo’lib kelmoqda, deyiladi O’zbekistonning BAAdagi elchixonasi tomonidan matbuotga taqdim etilgan ma’lumotda. Agar Toshkent-Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga besh marta, Samarqand- Dubay yo’nalishi bo’yicha haftasiga ikki marta aviaqatnov mavjudligi inobatga olinsa, elchixona vakili ta’kidlayotganidek, o’zbek ayollarining […]

Energetika tizimidagi inqiroz: prezidentning tanqidi vaziyatni o‘zgartirdimi?

Poytaxtda bayram munosabati bilan prezident Mirziyoyev ishtirokida tantanali tadbirlar davom etar ekan, Surxondaryoda, Farg’onada aholi poytaxtga eltuvchi yo’llarni to’sib, gaz va elektr-energiya talabi bilan norozilikka chiqqan. O’zbekistonda markaziy yo’llarni to’sish norozilik bildirishning asosiy vositasiga aylanmoqda, hozirgacha gaz va elektr-energiya yetishmovchiligiga qarshi noroziliklarning aksariyati aynan shu tartibda o’tgani kuzatildi.   Kuni kecha Surxondaryoda elektr va gaz […]

Qish va “Yangi O’zbekiston” 

Qishning dastlabki sinovi “Yangi O’zbekiston” haqidagi ilk tasavvurlarni chil-parchin qildi. Mamlakatga to’satdan yopirilgan energetik inqiroz so’nggi paytda targ’ibot-tashviqoti jiddiy kuchaytirilgan, ammo tushunchasi keng ommaga yetib bormayotgan “Yangi O’zbekiston” qiyofasini jamoatchilikka tiniq chizib berdi. Bu qahratonda chiroqsiz, gazsiz yashashga mahkum qolgan mamlakat – O’zbekiston qiyofasi ekanligi ortiqcha ta’kidga muhtoj emas. Jamoatchilikda “Yangi O’zbekiston”ning qiyofasi shu tarzda […]

O’zbekistonda jadidlarga e’tibor oshdimi?

4-oktabr Turkiston milliy ozodlik harakati faollari ommaviy qirg’in qilingan sana.   1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon,  Abdulla Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan yuzdan oshiq o’zbek ziyolilari o’z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan hujjatga muvofiq otib tashlangan.   Qatl etilganlarning barchasi milliy uyg’onish harakati faollari, jadidchilar edi. Turkistonni bosqindan, […]

O’zbekistonda maktab direktori nega o’zini osdi? (Video)

Bu yilgi o’qish mavsumi boshlanishi arafasida, 31-avgust kuni Qashqadaryo viloyatidagi 13-maktab hojatxonasidan shu maktab direktorining osilgan jasadi topildi.   47 yoshli direktorning o’z joniga qasd qilishi sabablari ayni paytda o’rganilmoqda. Marhum o’zini osishdan avval hamkasblariga xatni qoldirgan. Xatda xalq ta’limi tizimidagi korrupsiyadan shikoyat qilinadi. “Hurmatli ustoz hamkasblar, har qanday sharoitda ham korrupsiyaga yo’l qo’ymang”, deb […]

O’zbekistonda Uyg’onish davri boshlandimi?

Mustaqillikning 29 yilligi nishonlanayotgan O’zbekistonda Renessans (Uyg’onish) davri boshlanayotgani aytilmoqda. O’zbekiston uchun mamlakat mustaqilligining chorak asri bir kishi, marhum Islom Karimov boshqaruvi, diktaturasi ostida o’tdi. 30 yil davomida mustaqillik ulug’ ne’mat ekanligi tinimsiz ta’kidlab kelingan mamlakatda to’rt yildan buyon o’zgarishlar, islohotlar, yangi O’zbekiston, so’nggi kunlarda hatto Uchinchi Renessans haqida gapirilmoqda.  Sobiq tuzum, diktaturaning mustaqil mamlakat tarixidagi […]

Toyloqlik hikoyasi: Shaharda yashasam bo’larkan, tezroq yordam olarmidim…

Samarqand viloyati Toyloq tumani O’zbekistonda mart oyining oxirlaridan buyon qattiq karantin talablari joriy qilingan hududlardan biri. 180 mingdan oshiq aholisi bor, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman Samarqand shahridan 10 km olisda joylashgan. Besh oydirki tumanga kirish va chiqish qattiq nazorat ostida. Tuman hududida koronavirusga chalinish hollari ko’p miqdorda aniqlangach, bu joy Samarqand viloyatida virus o’chog’i sifatida […]

O’zbekistonda ijtimoiy himoya oqsab qolganini prezident ham tan olmoqda

O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy himoyalashda yangi, shaffof, adolatli tizim va’da qilmoqda. Prezident bu bilan amaldagi tizim ishlamayotganini nihoyat bilvosita tan olayotgandek.   Hukumatning karantin munosabati bilan nochor oilalarga uyushtirgan bir martalik yordam aksiyasi haqiqatda bu borada jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko’rsatdi. O’zbekiston hukumatining pandemiya munosabati bilan ijtimoiy nochor qatlamga tarqatgan bir martalik yordami korrupsiyaga doir […]

Jurnalist Baxtiyor Karim nega 42 kundan beri karantinda?

42 kundan buyon karantinda saqlanayotgan jurnalist Baxtiyor Karim ochlik e’lon qildi.  Jurnalist o’zining karantinda ushlanayotganini siyosiy sabablar bilan bog’liq ko’rmoqda. Ochlik aksiyasi orqali u o’z noroziligini ifodalamoqchi. “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim karantinga joylashtirilishidan ikki kun avval “Amerika Ovozi”ga intervyu bergan edi. Bu suhbatda Baxtiyor Karim adabiyotchilar, ijodkorlar gazetasi bo’lgan “Adabiyot” nima sababdan yana […]