O’zbek matbuoti qanday muammolar bilan yuzlashmoqda?

O’zbek matbuoti kasb bayramini nishonlayapti, 27- iyun O’zbekistonda matbuot kuni. Bayram arafasida matbuot mamlakatda hokimiyat almashganidan buyon kuzatilgan dastlabki jiddiy sinovdan o’tdi, yoppasiga bir nechta axborot nashrlari “texnik muammolar” girdobida qoldi. Jamoatchilikka “texnik” muammoga uchrashi va uchramasligi mumkin nashrlar ro’yxatini taqdim etgan bu sinovdan jurnalistlar jamoa sifatida muvaffaqiyatli o’tdi deyish qiyin. Bosimga tushgan nashrlar himoyasi […]

Sobiq MXX DXX qiyofasida qayta tiklanadimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijondagi bayonoti avvalgilaridan huquq-tartibot idoralariga nisbatan ishonch tiklanayotganiga bilan farq qildi. Bayonot hozirgi DXX, Karimov davridagi MXX kabi, Prezidentning asosiy tayanch kuchiga aylanishidan darakdek. Mirziyoyevga ko’ra, DXX chilar odamlar qanday tush ko’rayotganidan tashqari boshqa hamma vaziyatni yaxshi biladi, xabardor. Ularning bu qudratini yuksaltirish uchun xorijdan yangi uskunalar, texnologiyalar xarid qilishga kelishilgan. Katta […]

Mirziyoyev bu safar Turkmanistondagi o’zbeklar haqida og’iz ochmadi

O’zbekiston va Turkmaniston rahbarlari yaqinda Toshkentda uchrashganida Prezident Shavkat Mirziyoyev mezbon davlatdagi o’zbeklar taqdiri haqida og’iz ochmadi. 2017-yilning martida Mirziyoyev prezident sifatida ilk davlat tashrifini Turkmanistonga qilar ekan, u yerdagi o’zbeklar xususida gapirib, ularga madaniy markazlar ochish imkoniyati berilishi lozimligiga ishora qilgan edi. Bu shijoat ko’plarda, shaxsan, menda ham ulkan umidlar uyg’otgan edi. Mirziyoyev o’shanda […]

O’zbekiston iqtisodiyoti: bugun va kelajak

Muallif:  Arobiddin Turaxanov, investitsiya bo’yicha katta mutaxassis. Andijonda tug’ilgan. “Umid” fondi orqali Britaniyada iqtisodiyot sohasida o’qigan. 2004-yildan beri AQShda yashaydi. “Fortune 500” ga kiruvchi turli kompaniyalarda ishlab, 10 milliard dollarlik portfelni boshqargan. Nyu-York moliya markazi “Wall Street”da faoliyat yuritgan. Hozirda sarmoya (aksiya va obligatsiya) bo’yicha kompaniyada tahlilchi. O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatar ekanman, 1998-2001 yillari “Umid” […]

Oqto’ba fojiasi saboqlari…

Qozog’istondagi halokatda o’lim topgan yurtdoshlarimiz  ruhi shod bo’lsin. Afsus, yurtni, jamoatchilikni kutilmaganda qayg’uga cho’mdirgan bu fojia hokimiyat va jamiyat o’rtasida jarlik hamon mavjudligini ko‘rsatdi. Gap bugun ijtimoiy tarmoqlarda munozara bo’layotgan qurbonlar xotirasi uchun mamlakatda motam e’lon qilinishi zaruriyati haqida emas. Jamoatchilik o’z motamini tutayapti, qurbonlar xotirasiga o’nlab marsiyalar bitildi, ular ruhi duo qilingan, yaqinlariga yupanch, […]

Mirziyoyev uzoq kutilgan yetakchi bo’la oladimi?

O’zbekiston mustaqilligining chorak asrlik davri mamlakatga reformator yetakchi taqdim etmadi. Bu turg’unlikdan so’ng hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyevda uzoq kutilgan shu islohotchi lider bo’lish imkoniyati bor, rejalagan islohotlari, rivojlanish dasturi, asosiysi, o’zgarishlarga ehtiyojning yasama emasligi shunday umid uyg’otmoqda. Men Mirziyoyevga madh o’qishdan yiroqman, u boshchiligidagi yangi hokimiyat faoliyati haqida tanqid, shubha va umidlar bildirilgan ko’plab maqolalar […]

Ukrainada o’zbekistonlik bokschining g’alabasi tan olinmadi

Boks, xoh havaskor yoki professional yo‘nalishda bo‘lsin, O‘zbekistonni dunyoga tanitayotgan asosiy sport turiga aylandi. Rio olimpiadasidagi tarixiy g‘alabalar, Gamburgda  o‘tgan jahon chempionatida erishilgan muvaffaqiyatlar buni aniq isbotladi. Boksning haqiqatdan O‘zbekistonni munosib tamsil etuvchi sport turiga aylanib borayotganiga esa faqat yirik musobaqalarda emas, kichikroq maqomdagi uchrashuvlarda ham amin bo‘lish mumkin. O‘zbek bokschilarida, deylik, futbolchilardan farqli ravishda, mas’uliyat, so‘nggi imkoniyatgacha kurashish matonati, qolaversa, […]

O’zbekiston futboli: sharmandalikdan to’rt kun o`tib…

Sharmandalikdan to’rt kun o`tdi, Usmonov ham, Babayan ham jim, demak Qatar bilan kutilayotgan o`yin boykot qilinishi kerak!!! Davr sportni, xususan, futbolni millat ruhiyatining bir qismiga aylantirdi. Suriya bilan o`yin shu ruhiyatga qaqshatqich zarba berganiga ortiqcha to`xtalishning keragi yo`q. Gap mag`lubiyatda emas, agar munosib kurashda yutqazilganda buni  tushunish mumkin edi. Gap milliy termaning ruhsizligi, ishonchsizligi, o`z […]

Chegara bilmas nihollar… O’zbekistondan Tojikistonga

140 ming kvadrat kilometr hududga ega Tojikiston maydonining 93 foizini tog’lar tashkil etadi. Bu tog’larning aksar qismi yuksak qorli va yalango’och qoyalardan iborat. Faqat daralarning ayrim qismlari, vodiy va pasttekisliklardagina ekin ekiladi, daraxtlar ko’karadi, odamlar yashaydi. Qadimiy manbalarga qaraganda, hozirgi Tojikistonning 25 foiz hududi yovvoyi o’rmon, to’qaylar bilan qoplangan bo’lgan, unda minglab turdagi dov-daraxtlar ko’kargan. […]

Shavkat Mirziyoyevning “nurli yo`li”  O`zbekistonni  qayoqqa yetaklaydi? 

Shavkat Mirziyoyevning vaqtinchalik O’zbekiston prezidentligini qabul qilganiga bir oy to`ldi. Bu fursatda u qo`shnilar bilan aloqalarni iliqlashtirdi, mamlakat viloyatlarini aylanib chiqdi, o`nlab hokimlarni almashtirdi, tabirkorlar manfaati kafolatlanishini o`z zimmasiga oldi, militsiya haqidagi qonunni imzoladi, virtual qabulxonani ishga tushirdi, poytaxtda xavfsizlik bois berkitilgan yo`llarni qayta ochdi, ustozi davrida taqiqqa tushgan san`atkorlarga hatto bilvosita oq yo`l tilashga […]