Mirabror Usmonovdan iste’fo talabi yoxud O’zbekiston futbolida kutilayotgan va kutilmayotgan islohotlar haqida

Futbolchilarimizning oltinchi bor Olimpiada yo`llanmasini ko`kka sovurishgani nafaqat futbol nashrlarini, balki ijtimoiy tarmoqlarni ham larzaga keltirdi. Muxlislar junbushda, rahbariyatdan iste`folar talab qilinmoqda. Bosh murabbiy Samvel Babayandan tortib, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi (O’FF) prezidenti Mirabror Usmonovgacha. Ularning sabr kosasi to`lib bo`lgandek. Jurnalistlarning achchiq tanqidi, muxlislarning hadsiz g`azabi 20 yildan buyon Olimpiada yo`llanmasi uchun besamar kurashib kelayotgan o`zbek […]

“Vazir otaning g`azabi”

Terim frontidan kelayotgan so`nggi xabarlarga ko`ra, bolalar mehnatidan voz kechilgan paxta kampaniyasi tobora kattalar uchun surgunga aylanib bormoqda. Futbolchilardan tortib, san`atkoru siyosatchi va amaldorlargacha dalada, ammo terim ular uchun bir kunlik yallo kayfiyat bo`lsa, oylab dalada ishlayotgan hasharchilar uchun haqiqiy azob, mashaqqat. Uyg`un domlaning “Nazir otaning g`azabi” she’ri hali beri o`lmaydigan ko`rinadi. Ko`pchilik eslasa kerak, […]

Mukofot muborak, janob Prezident!

Ehtimol, Islom Karimovning Osiyoda va O`zbekistonda futbolni rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi tomonidan  taqdirlanishi rejada bo`lmaganda milliy terma jamoa Shimoliy Koreyada bu darajada sharmandali yutqazmagan bo’larmidi. Albatta, bu o`ta zaharxandali taxmin, “bollada ayb yo`q”, mukofotda ham,  Mirjalolda ham, Usmonovda ham, hamma ayb Pxenyandagi maydonda! Ha, aytgancha, mag`buliyatdan uch kun o`tdi, hamma sukutda […]

Saylov-2015: Maydonda kimlar bor?

Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik uchun kurashadigan nomzodlarni ro`yxatga olib bo`ldi. Hammasi risoladagidek; maydonda Karimov bir o`zi emas, uning amriga ko`z tikib turgan “raqiblar” bor. Natijani saylovning barcha ishtirokchilari oldindan biladi – Karimov ham, “raqiblar” ham, xalq ham. Saylov prezident tanlash uchun emas, bunisi ham ayon – vakolat tugadi, yangi muddat rasmiylashtirilishi kerak, hechda uzoq-yaqindagi qo`shnilarning […]

Karimov imkoniyatni yoshlarga topshirmoqchimi?

2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” shiori ostida o’tadi. Prezident Islom Karimov bu haqda Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan nutqida e’lon qildi. Bizda, shukrki, keksalarga nisbatan izzat shiorlarga qarab qolmagan. Yoshlik shijoatini jamiyatga, oilaga sarflagan aksariyat nuroniylar shundoq ham oilalar to’rida; imkoniyatni yoshlarga topshirib, xonodonlarga fayz berib yashashadi. Afsus, shior tiqishtirilgan joydan qadriyat qochishi ko’p kuzatilgan. Bu […]

Yo’qolsin Jasliq!

  Elbiy taxallusli muxlisimiz maktub yo’llab, quyidagi she’rni blogimizda e’lon qilishimizni so’rabdi. Sh’er O’zbekistonning Jasliq qamoqxonasida jazo muddatini o’tayotgan mahkum tilidan yozilgan. Unda muallif qamoqxonadagi kundalik hayotni she’riy bayon qilishga uringan. Shu misralarni quyida e’tiboringizga to’laligicha havola etamiz.   Yo’qolsin Jasliq! Yoshligimdan ayirgan o’lim zindon bu Jasliq. Oshyonlardan ajratgan, oilamdan judo Jasliq. O’z yurtingda surgunsan, […]

Til – savod belgisi… Vodiydan maktub

Tilni asrash va rivojlantirish uchun odamlar ongi, ma’naviy dunyoqarashida ham islohot bo‘lishi zarur. Bir qarashda ma’naviyatning chegarasi yo‘qdek, ilg‘ab bo‘lmasdek tuyuladi. Lekin ana shu ma’naviy muhit ihota qilinmasa, ma’naviyatga aloqasi yo‘q bitiklardan himoyalanmasa, beta’sir nag‘malar ko‘payib ketishini, muqaddas ma’naviyatimiz oyoqosti bo‘lishini vaqt yaqqol ko‘rsatdi. Keyingi paytlarda ba’zan davlatning milliy ramzi sifatida e’tirof etilayotgan ona tilimizga […]

Тил- савод белгиси… Водийдан мактуб

Тилни асраш ва ривожлантириш учун одамлар онги, маънавий дунёқарашида ҳам ислоҳот бўлиши зарур. Бир қарашда маънавиятнинг чегараси йўқдек, илғаб бўлмасдек туюлади. Лекин ана шу маънавий муҳит иҳота қилинмаса, маънавиятга алоқаси йўқ битиклардан ҳимояланмаса, бетаъсир нағмалар кўпайиб кетишини, муқаддас маънавиятимиз оёқости бўлишини вақт яққол кўрсатди. Кейинги пайтларда баъзан давлатнинг миллий рамзи сифатида эътироф этилаётган она тилимизга […]

Тил болалигимизданоқ онгимиз кўзгуси… Руҳшунос Маҳмуд Йўлдошев таҳлили

Ўзбек тили ойлиги давом этар экан, ҳамон кенг ишлатиладиган кирилл алифбосида ҳам мақола беришга аҳд қилдик. Азиз мухлис, умид қиламизки, ўзбек тили ва бугунги жамият ҳақида ўз фикрларингизни билдиришда давом этасиз. Қуйидаги мақола Тошкентдан психология фанлари номзоди Маҳмуд Йўлдошев қаламига мансуб. Мутахассис ўз мулоҳазаларини биз ва сиз билан бўлишаётганлари учун миннатдормиз. БОЛАНИНГ ТИЛИ ШИРИН Болаларнинг […]