Qirg’izistonda pishiqchilik: arzon, sifatli, toza

Qirg’izistonda pishiqchilik mavsumi. Bu yil ayniqsa meva-cheva mo’l va arzon – bo’ldi. Rastalar to’lib-toshib, savdo ko’cha bozorlarida qizib ketgan. Rang-barang shaftolining bir kilosi 20 so’mdan 50 so’mgacha. Uzumning kilosi 20 so’mdan boshlanadi. 10 kilolik tarvuzlar narhi 30-40 so’m (yarim AQSh dollariga teng). Eng muhimi – Qirg’iziston meva-cheva va sabzavotlari ekologik jihatdan tozaligi bilan ajralib turadi. […]

O’sh shahrining bugungi qiyofasi

2010-yil vayronagarchilikni boshdan kechirgan Qirg’izistonning O’sh shahri qayta tiklandi. Ko’hna shaharda yangi qurilish ishlari ko’paygan. Shaharning yangi qiyofasi – xalqaro hamjamiyatning ulkan moliyaviy ko’magi hamda mahalliy aholining s’ay-harakatlarining mahsuli. Shaharning ichimlik suvi tizimi qisman yangilandi. Jamoat transporti uchun yangi zamonaviy ulovlar keltirildi. Shaxsiy tibbiyot muassasalari ro’yxati kengaydi. O’shning oliygohlarida Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Turkiya kabi qator […]

Muqaddas Sulaymon tog’ida bahor nashidasi

Qadim shaharning qoq o’rtasida yastanib yotgan va asrlar davomida qadamjo sifatida xizmat qilayotgan tog’ cho’qqilari sayyoramizda sanoqli bo’lsa kerak. Ulardan biri – Qirg’izistonning O’sh shahridagi Sulaymon to’gi. Odamlar muqaddas hisoblab kelgan ushbu tabiat tuhfasini, shuningdek, Taxti Sulaymon, ungacha esa Borakuh, deb ham atashgan. Hozirgi Sulaymon tog’i va uning ustiyu-atrofida joylashgan obidalar hamda turli madaniy majmualar […]

Qo’rg’oncha – Tojikistonning Qirg’iziston chegarasidagi tinch va osoyishta qishlog’i

Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi hozirgi dunyo globallashuv jarayoni jadal ketayotgan zamonda aktual masala bo’lib qolmoqda. Tojikistondagi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupovning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalarining birlashuvi mintaqada yirik va kuchli tashkilot tuzilishga asos bo’lishi mumkin. “Lekin, – deydi u, – Qozog’istonning Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa qo’shilishi, O’zbekistonning  chekkada qolayotgani-yu, Tojikiston […]