Chegara bilmas nihollar… O’zbekistondan Tojikistonga
140 ming kvadrat kilometr hududga ega Tojikiston maydonining 93 foizini tog’lar tashkil etadi. Bu tog’larning aksar qismi yuksak qorli va yalango’och qoyalardan iborat. Faqat daralarning ayrim qismlari, vodiy va pasttekisliklardagina ekin ekiladi, daraxtlar ko’karadi, odamlar yashaydi. Qadimiy manbalarga qaraganda, hozirgi Tojikistonning 25 foiz hududi yovvoyi o’rmon, to’qaylar bilan qoplangan bo’lgan, unda minglab turdagi dov-daraxtlar ko’kargan. […]
O’tkansoyning Sulton shoiri
Tojikistonda o’zbek ziyolilari biri-birining ijodini targ’ib qilib, quvvatlab keladi. Bunda qariyb o’n yildan beri faoliyat olib borayotgan jamoatchilik tashkiloti – Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh-qosh. Yaqinda Tojikiston shimolidagi qadim Xo’jand, hozirgi Bobojon Ga’urov nohiyasining azim O’tkansoy, hozirgi Chashmasor qishlog’idan keksa ijodkor, o’zbek o’qituvchisi, 70 yoshli Sulton Mamarasulovning “Mehrim nishoni” nomli uchinchi kitobi […]
Tojikiston: 2016-yil nima qoldirdi-yu, 2017-yildan nima umid?
2016-yilda Tojikiston konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritildi, Vaxsh daryosi o’zani tos’ilib, Rog’un GESi to’goni qurila boshladi. Tojik tahlilchisi Bahrom Fayzulloyev aynan Rog’un qurilishini yilning muhim voqeasi deb hisoblaydi. “Negaki, bu ulkan qurilish aslida nafaqat Tojikston balki, butun Markaziy Osiyo uchun ahamiyatli inshootdir. Buning qadrini yillar o’tib, mintaqa mamlakatlari o’zlari hayotda amin bo’lishadi. O’tgan yillar davomida GES to’g’oni […]
Tojikistonda o’zbeklar ma’rifat darg’alarii unutmaydi
Ravshan Shams Xo’jand, Tojikiston Тojikistonning ikki miilonga yaqin o’zbeklari jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutadi. Mamlakat aholisining 20 foizidan ortig’rogini tashkil etuvchi o’zbek urug’larining ayrim qismlari Tojikistonda keyingi yillarda davlat statistik ma’lumotlarida alohida millat sifatida ko’rsatilib, o’zbeklar nufuzi rasman 14 foiz atrofida deb e’tirof etiladi. O’zbekning laqay, barlos, qipchoq singari yirik urug’lari Tojikiston rasmiy manbalarida […]
Tojikiston dehqon bozorlari farovon
Bu yilgi ob-havo sharoiti Tojikiston dehqonlari uchun nisbatan qulay bo’ldi. Tojik Mirzacho’li va janubiy vodiylarda 10 kilodan ortiq tosh bosadigan qovun-tarvuz, kadi kabi poliz mahsulotlari hosili dehqonlar ko’nglini chog’ etmoqda. Janubiy nohiyalarda yetishtirilgan tarvuzning ertapishar navlari yoz boshidanoq Sug’d viloyati dehqon bozorlarini to’dirdi. Hozirda esa Sug’d dehqonlari yetishtirgan hosil nisbatan qimmatroq sotiladigan poytaxt va janubiy […]
Tojikiston o’zbeklari shoir va jurnalist Alijon Yo’ldoshevni xotirlamoqda
Tojikiston o’zbeklari keyingi yillarda o’z milliy qadriyatlari ma’naviyat va ma’rifatini yuksak ko’tarish harakatidalar. Baland tog’lar bilan janub va shimolga bo’lingan respublikada ikki milliondan ortiq o’zbeklar istiqomat qilishadi. Geografik bo’linish tabiiyki, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini ko’rsatib kelmoqda, jumladan o’zbeklar hayotida ham. Mustaqillik yillarida janub va shimolni boglovchi doimiy yo’l ochilgan bo’lsada, iqtisodiy etishmovchilk […]
Navoiy ijodi tojik va o’zbek xalqlarini birlashtirmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida birdamlik va hamjihatlikda ish tutish davr talabi. O’tgan yillarda Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida tijorat ancha ortgani kuzatiladi, shu bilan birga, madaniy almashinuvlar ham. Ziyolilar va ijodkorlar orasida hamkorlik mustahkamlanmoqda. Joriy yilning 15-16-aprel kunlari Tojikistonning Xo’jand shahrida o’zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman buning isbotidir. […]
Tojikistonda o’zbeklar markazi besh yoshda!
Bundan besh yil oldin shimoliy Tojikiston – So’g’d viloyat markazi, Xo’jand shahrida bir guruh o’zbek ziyolilari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Yusupov rahbarligida So’g’d viloyat o’zbeklari ma’naviyat va ma’rifat markazini tashkil etgandi. O’tgan besh yil mobaynida bu o’zbek markazi nafaqat viloyat, balki butun respublikadagi o’zbek ijodkorlarini atrofiga birlashtirib, mustaqil ravishda “Ma’naviyat” gazetasi va “Sharqnoma” jurnallarini […]
Varsiq – qadimiy Istravshanning o’zbeklar qishlog’i
Qadimiy manbalarda hozirgi Tojikistonning Istravshan mavzesi haqida ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Istravshandagi O’ratepa shahri tarixi meloddan oldingi ming yilliklarga borib taqaladi, shahar Xitoy yilmomalarida ham tilga olingan. Tojikiston hukumati Istravshanning 2500 yilligi tarixini rasman taqsdiqlagan, bu qadimiy mavze YUNESKO hujjatlarida ham qayd etilib, insoniyat tamaddunining asraluvchi meroslari ro’yxatiga kiritilgan. Xitoy va sharqiy Turkistonni Xorazm va […]
Qo’rg’oncha – Tojikistonning Qirg’iziston chegarasidagi tinch va osoyishta qishlog’i
Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi hozirgi dunyo globallashuv jarayoni jadal ketayotgan zamonda aktual masala bo’lib qolmoqda. Tojikistondagi So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupovning fikricha, Markaziy Osiyo respublikalarining birlashuvi mintaqada yirik va kuchli tashkilot tuzilishga asos bo’lishi mumkin. “Lekin, – deydi u, – Qozog’istonning Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa qo’shilishi, O’zbekistonning chekkada qolayotgani-yu, Tojikiston […]